TABIIY FANLAR OYLIGI OʻTKAZILDI
Maktabimizda tabiiy fanlar oyligi doirasida biologiya, kimyo, fizika, jismoniy tarbiya fanlariga bagʻishlab tadbirlar, tanlovlar va kechalar oʻtkazildi. Jumladan biologiya fanidan rasmlar, krassvordlar tanlovlari tashkil etilib, jonli tabiat haqida albomlar tayyorladik, tabiat bagʻriga sayohatlar uyushtirib, koʻchatlar oʻtkazdik, koʻplab qiziqarli oʻyinlar oʻynadik. Bu tanlovlarda 6-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar ishtirok etishdi.

Rasmlar tanlovida 6-sinf oʻquvchisi Yoʻldosheva Sarvinoz, albomlar tanlovida esa 8-sinf oʻquvchisi Shomurodova Manzura, krassvordlar tanlovida 9-sinf oʻquvchisi Zebo Oʻrinboyevalar gʻolib boʻldilar. Tanlovlarda gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga biologiya fani oʻqituvchimiz oʻz shaxsiy sovgʻalarini topshirdi.
Bundan tashqari, biologiya fanidan ochiq darslar ham boʻlib oʻtdi. Unda maktabimizning yuqori sinf oʻquvchilari faol ishtirok etdilar. Ochiq darslarda oʻqituvchimiz Dilfuza Xidirova qiziqarli shartlarni slaydlar orqali namoyish etib, mavzuni samarali oʻzlashtirib olish imkonini yaratdilar.
Tabiiy fanlar oyligi maktabimizda juda qiziqarli tarzda oʻtdi. Oʻtkazilgan tadbirlar, ochiq darslar har birimizda yaxshi taassurotlar qoldirdi.
26-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi,
Gulhayo RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶