Prezidentning 5 ta tashabbusi doirasida 76-sonli maktabda koʻrgazmali seminar tashkil etildi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ayol-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha 5 ta tashabbusi doirasida 76-sonli maktabda amaliy koʻrgazmali seminar tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimligi va partiya faollari, mahalla ahli, tadbirkor ayollar qatnashdi.

Ishtirokchilar dastlab maktabda oʻquvchilarni madaniyat va sanʼatga jalb qilish, yoshlarni kitob oʻqishga daʼvat qilish, oʻquvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oshno qilish hamda ular oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdilar.

Tadbir doirasida mehmonlar Xotin-qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishib, Tosh yop ovulida istiqomat qiluvchi xonadon bekasi Gulshoda opaning tomorqasida boʻldilar. Tomorqada issiqxona tashkil qilingan boʻlib, undan olinayotgan daromad oila dasturxonining toʻkinligiga xizmat qilmoqda. Tomorqa egasi yerdan moʻl hosil olish boʻyicha oʻquvchilarga oʻz maslahatlari berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶