Ingliz tilidan ochiq dars oʻtkazildi
"Til bilgan – el biladi", - deydi dono xalqimiz. Qancha koʻp til oʻrgangan kishi shuncha koʻp bilimga, imkoniyatlarga ega boʻladi.
Ayniqsa, ingliz tilini oʻrganish dunyoning koʻplab davlatlarida yashovchi xalqlar bilan muloqot qilish imkoniyatini beradi. Qolaversa, ilmiy adabiyotlarning aksar qismi ingliz tilida yoziladi. Demak, farzandlarimizga ingliz tilini yoshligidan oʻrgatish muhim ahamiyatga ega.
Tumanimiz maktablarida chet tillar fan oyligi doirasida koʻplab ochiq darslar, tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bu borada 18-sonli maktabda ham qator amaliy ishlar qilinmoqda. 15-may kuni maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Dilafroʻz Toʻrayeva fan oyligi doirasida ochiq dars oʻtdi.
Oʻquvchilar ochiq darsda turli interaktiv usullar yordamida mavzuni yanada chuqurroq oʻrganishdi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶