"Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi- 2019" tanlovida tumanimizning 3 nafar oʻqituvchisi gʻolib va sovrindor boʻldi
Tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari orasidan 400 nafari "Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi - 2019" tanlovining tuman bosqichida oʻz iqtidorlarini sinovdan oʻtkazishgan, 13ta fan yoʻnalishi boʻyicha 13 nafar oʻqituvchilar gʻolib boʻlib, Qoraqalpogʻiston bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritishgan edi.
Yaqinda mazkur tanlovning Qoraqalpogʻiston respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Natijalarga koʻra, ishtirokchilar orasidan yoʻnalishlar boʻyicha 36-maktab kimyo fani oʻqituvchisi Payhon Qalandarova birinchi, 40-maktabning davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchisi Iroda Yaxshimurodova birinchi, 16-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Aziza Abdurahmonova uchinchi oʻrinlarni egalladilar.
Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 2 nafar oʻqituvchi ushbu tanlovning Oʻzbekiston Pespublika bosqichiga yoʻllanma olishdi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶