30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:35
Siyosat 👁 1,518

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tuman hududiy partiya tashkilotining taʼsis Konferentsiyasi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tuman hududiy partiya tashkilotining taʼsis Konferentsiyasi boʻlib oʻtdi

2019-yilning 22-may kuni Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Amudaryo tumani hududiy partiya tashkiloti taʼsis Konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Konferentsiyada ekologiya va sogʻliqni saqlash sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar, jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalar, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab konferentsiyada ishtirokchilarga  joriy yilning 13-may kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining yigʻilishida qabul qilingan qaror haqida batafsil axborot berildi. Konferentsiyada Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Amudaryo tumani hududiy partiya tashkiloti Kengashiga va Ijroiya qoʻmitasiga aʼzolar saylandi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan partiyalararo raqobatni taʼminlash, barcha siyosiy subʼektlar uchun teng sharoitlar yaratish, parlament rolini kuchaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2019-yil 8-yanvar kuni Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tashkil etildi va 22-yanvar kuni Oʻzbekiston Pespublikasi Adliya  vazirligi tomonidan davlat roʻyxatiga olindi.

Konferentsiya ishtirokchilariga Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi partiya tashkiloti oldida uning tuman (shahar) hududiy partiya tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha bir qator vazifalar turgani haqida maʼlumot berildi.

Taʼkidlanganidek, hududiy partiya tashkilotlari faoliyati joylarda partiyaning maqsadlariga erishish va dasturiy vazifalarining hal etilishini taʼminlash, quyi partiya tashkilotlarining faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va birlashtirishga qaratiladi.

Konferentsiyada Oʻzbekiston Ekologik partiyasi faoliyati bilan bogʻliq hujjatlar jumladan, “Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzoligiga qabul qilish, partiya aʼzolarini hisobga olish va partiya aʼzoligidan chiqarish toʻgʻrisida”gi Nizom, “Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzolik badallarini toʻlash va ularning hisobini olib borish tartibi”, “Oʻzbekiston Ekologik partiyasining ichki nazorat-taftish xizmati toʻgʻrisida”gi Nizom loyihasi, “Oʻzbekiston Ekologik partiyasi ish reglamenti” tayyorlandi va Markaziy Kengash plenumida tasdiqlanganligi va mazkur hujjatlar kelgusida partiya hamda uning hududiy tashkilotlari faoliyatini tartibga solishga qaratilganligi haqida  axborot berildi.

Ishtirokchilar tomonidan taʼkidlanganidek, atrof muhit holatiga eʼtiborsiz munosabatda boʻlish, tabiiy resurslardan meʼyordan ortiq foydalanish va ekologik talablarni mensimaslik Orol dengizining qurishi, choʻllanish, yer va suv resurslari tanazzuli, oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlashuvi, biologik xilma-xillikning qisqarishi, koʻp miqdordagi sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarning hosil boʻlishi kabi qator global va mintaqaviy ekologik muammolar paydo boʻlishiga olib keldi. Ushbu muammolar iqlim oʻzgarishi sodir boʻlayotgan sharoitlarda yanada yaqqolroq va kuchliroq namoyon boʻlmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz uchun ham atrof-muhitni muhofaza qilish va uni sogʻlomlashtirish masalalari yanada dolzarb qilib qoʻyilmoqda.

Qayd etilganidek, mamlakatda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoʻlidagi keyingi qadam sifatida toʻplangan tajribalar asosida yangi siyosiy partiyaning tashkil etilishi bugungi kunning talabi boʻldi. Albatta, ekologik siyosiy partiyaning asosiy eʼtibori atrof-muhitni muhofaza qilish mamlakat har bir fuqarosining umumiy ishi boʻlishiga qaratiladi.

Konferentsiyada soʻz olganlar ekologik partiya oldida katta va masʼuliyatli ishlar turganligini alohida qayd etib oʻtishdi. Mamlakatda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, aholi uchun qulay ekologik sharoit yaratish va noyob tabiatni saqlashga jamiyatning barcha kuchlarini safarbar qilish, jamiyatda ekologik madaniyat darajasini koʻtarish, aholida milliy gʻurur, Vatanga va tabiatga sodiqlik va muhabbat hissini shakllantirish va mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratish, yoshlarni tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash ishlariga hissa qoʻshish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy muammolarni hal etish, salbiy oqibatlarini yumshatish  kabi vazifalar, shular jumlasidandir.

Konferentsiyada koʻrib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Konferentsiyadan soʻng, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Amudaryo tumani hududiy partiya tashkiloti Kengashi yigʻilishi oʻtkazildi va unda Ijroiya qoʻmita aʼzolari saylandi. Shuningdek, Konferentsiyada Jumaboyev Odilbek Qudrat oʻgʻli Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Amudaryo tumani hududiy partiya tashkiloti Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026