30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 01:41
Fan va taʼlim 👁 1,093

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabining hisobot kontserti oʻtkazildi

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabining hisobot kontserti oʻtkazildi

Tumanimizda ajib bir madaniyat maskani bor. Bu maskanda maʼnaviyat yuksak tutiladi, axloqiy, insoniy qadriyatlar hamma narsadan ulugʻ sanaladi. Shu bois, bu dargohga qadam qoʻyishingiz bilan qalbingizda goʻzal tuygʻular junbushga keladi. Moʻʼjazgina sinfxonalardan taralayotgan musiqiy ohanglar vujudingizga ruhiy tetiklik baxsh etayotganini his etasiz, qalbingiz tozaradi, havas va hayratlar ogʻushida sanʼat deb atalmish dorilomon olam sehriga chulgʻanasiz. Qalbingizga sohir tuygʻularni baxsh etayotgan jajji bolajonlarning soz tutgan qoʻllaridan oʻpgingiz, boshlarini silab, olqishlagingiz keladi. Ularning iqtidoridan, orzulari yoʻlidagi intilishlaridan, izlanishlaridan koʻnglingiz togʻday yuksaladi.

Bu - 9-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi. Bu shunchaki oddiy bilim maskani  emas, uning bagʻrida isteʼdodlar kamol topadi, katta sanʼat sari imkon eshiklari ochiladi bu dargohda. Mana, 51-yildirki, maktab pedagogika jamoasi xalqimiz farzandlarini maʼnaviyat sari yetaklab, ularga musiqiy taʼlim-tarbiya va tasviriy sanʼat sirlaridan saboq berib kelmoqda. Bolalarga musiqa va sanʼat taʼlimini berish uchun shart-sharoitlar, imkoniyatlar yetarli boʻlmagan sharoitda, bundan 51-yil oldin oʻz faoliyatini boshlagan mazkur ilm dargohidan uchirma boʻlgan ilk oʻquvchilari bugun madaniyat va sanʼat sohasining fidoyilariga, ardoqli ustozlariga aylanishgan. Yillar davomida 9-son musiqa va sanʼat maktabini turli yoʻnalishlar boʻyicha tugatib, taʼlimni oliy oʻquv dargohlarida davom ettirgan, oʻz sohalarining fidoyilariga aylangan el sevgan sanʼatkorlar, ustoz-murabbiylar hisobsiz. Muhimi, ularning juda koʻpchiligi sanʼat va madaniyatimiz dargʻalaridir.

Musiqa va sanʼat maktabi pedagogik jamoasi va oʻquvchilari uchun mustaqillik davri chinakam ijodiy yuksalish yillari boʻldi, 1990-yilda barcha qulayliklarga ega zamonaviy koʻrkam va shinam maktab binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 150-oʻringa moʻljallangan zamonaviy kontsert zali, har bir yoʻnalish boʻyicha maxsus jihozlangan sinf xonalari, yogʻoch oʻymakorligi, metal bilan ishlash, ganchkorlik, tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik boʻyicha zarur anjomlar bilan taʼminlangan musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari har yili boʻlib oʻtadigan turli musiqa va sanʼat festivallari hamda nufuzli koʻrik-tanlovlarning  eng faol ishtirokchilarigina emas, balki gʻolib va sovrindorlariga aylanishdi.

Ayni paytda mazkur ilm maskanida 11 ta yoʻnalish boʻyicha 257 nafar oʻquvchi-yoshlarga musiqiy va sanʼat taʼlimi beriladi. Har bitta yoʻnalish boʻyicha bolalarning chuqur bilimga ega boʻlishlari uchun 39 nafar malakali mutaxassis oʻqituvchilar masʼul. Sinfxonalari 10 ta fortepiano, 2 ta royal, yetarli darajada torli-kamonli va puflab chalinadigan musiqiy asboblar bilan toʻliq taʼminlangan. Bayan-akkordeon, xalq cholgʻulari, anʼanaviy xonandalik, estrada, tasviriy sanʼat, xoreografiya, teatr sanʼati yoʻnalishlarida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlar orasida nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi koʻrik-tanlovlar gʻoliblarining borligi quvonchli.

30-may kuni musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilari va oʻquvchilari uchun hayajonli lahzalarga boy boʻldi. Shu kuni 11 ta yoʻnalish boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchilar 2018-2019 oʻquv yilida oʻzlari erishgan yutuqlarni sarhisob qildilar. Maktab hovlisida tashkil etilgan tasviriy sanʼat yoʻnalishi oʻquvchilarining ijodiy ishlari haqida hikoya qiluvchi koʻrgazma nafaqat ularning ota-onalari, balki hisobot kontsert dasturi mehmonlarida ham katta taassurot qoldirdi.

Hisobot kontsert dasturidan oʻrin olgan teatrlashtirilgan sahna tomoshalari, ayniqsa, xalq cholgʻulari, anʼanaviy sozandalik, anʼanaviy ashulachilik yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchi-yoshlarning chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi. Xoreografiya, bayan-akkordeon, torli-kamonli, puflab chalinadigan cholgʻular, anʼanaviy ijro va estrada yoʻnalishlari oʻquvchilari ijrosidagi kuy-qoʻshiq va dilrabo raqslar tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bagʻishladi.

Hisobot kontsert dasturida 9-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yoʻldoshboy Abdalov 2018-2019 oʻquv yili davomida erishilgan yutuqlarni  alohida qayd etdi. Chunonchi, musiqa va sanʼat maktablari oʻrtasida oʻtkazilib kelinayotgan Muxtor Ashrafiy nomidagi, Muhiddin Qori Yoqubov nomidagi nufuzli koʻrik-tanlovlarda maktabning anʼanaviy sozandalar, xalq cholgʻu dastasi hamda anʼanaviy xonandalar dastalari faxrli oʻrinlarni egallashgani eʼtiborga molik.

Hisobot kontsert dasturi davomida oʻqishda, jamoat ishlarida va tumanda oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan hamda oʻz pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan bir guruh oʻqituvchilar, shuningdek, farzandlarining taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratib, iqtidorini rivojlantirishda maktab pedagogik jamoasi bilan oʻquv yili davomida doimiy hamkorlik qilgan ota-onalar  bolalar musiqa va sanʼat maktabi maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

2018-2019 oʻquv yili davomida oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha yuqori natijalarga erishgan oʻqituvchilar, oʻquvchilar, shuningdek, musiqa va sanʼat maktablari oʻrtasida boʻlib oʻtgan respublika koʻrik-tanlovida faxrli 1-oʻrinni egallagan Xurshid Tojiboyev rahbarligidagi xalq cholgʻu dastasi, ushbu koʻrik-tanlovda faxrli 1-oʻrinni eagallagan Ulfat Shukurullayev rahbarligidagi anʼanaviy sozandalar dastasi, Sayfulla Gulmonov rahbarligidagi 3-oʻrinni egallagan anʼanaviy ashulachilar dastalari jamoalari erishgan yutuqlar alohida qayd etilib, mazkur dastalarning rahbarlari ham munosib taqdirlandilar.

Tadbir davomida bu kabi yutuqlar qayta-qayta tilga olindi. Estrada xonandachiligi yoʻnalish boʻyicha boʻlib oʻtgan respublika koʻrik-tanlovida sovrinli 3-oʻrinni egallagan 5-sinf oʻquvchisi Diyorbek Ortiqov ustozi Bobur Mahmudov rahbarligida oʻrgangan ashulalari bilan bugungi  kunda sanʼat shinavandalari orasida ancha tanilib qolganligi, ustozi Zumrad Mirzayeva rahbarligida Muxtor Ashrafiy nomidagi koʻrik-tanlovda faxrli 3-oʻrinni egallagan Bunyodbek Jumaboyev, “Kamalak yulduzlari”, xalq cholgʻulari va anʼanaviy sozandalik boʻyicha respublika koʻrik-tanlovlari sovrindorlari  dutor sinfi oʻquvchisi Zilola Qodirova, rubob sinfi oʻquvchisi Elbek Tursunboyevlar oʻz iqtidorlarini nufuzli koʻrik-tanlovlarda muvaffaqiyatli namoyish etayotganlari alohida eʼtirof etilgani olqishlar bilan kutib olindi.

Tumanimiz sanʼatining gʻunchalari kamol topayotgan 9-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilarining 2018-2019 oʻquv yilida erishgan yutuqlaridan tadbir ishtirokchilari mamnun boʻldilar. Oʻzlari erishgan yutuqlarini, qalblaridagi ezgu orzularini tadbir ishtirokchilari koʻz oʻngida, oʻz sanʼatlari bilan namoyish etib, qalblarda havas va hayrat uygʻotgan jajji bolajonlarga, oʻquvchi-yoshlarga tadbirda hozir boʻlganlarning barchasi yuksak parvozlar tiladilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026