TOʻGARAK OʻQUVChILARI SONI ORTMOQDA
Oʻquvchi-yoshlarning yozgi taʼtil kunlarini maqsadli oʻtkazishlariga erishish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar markazidagi fan asoslarini mukammal oʻrgatishga va bolalarni kasb-hunarga yoʻnaltirishga xizmat qiluvchi toʻgaraklar faoliyati yanada kengaytirilmoqda.
Mazkur toʻgaraklarga Mangʻit shahri va shaharga yaqin hududlar oʻquvchilarini toʻlaroq qamrab olish maqsadida yoz mavsumi uchun alohida ish reja ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Markazning ingliz tili fani toʻgaragida ayni kunlarda 4 ta guruhda 48 nafar bolalar shugʻullanishmoqda. Mashgʻulotlarning interfaol usullarda va qiziqarli tarzda oʻtilayotganligi bois, ushbu toʻgarak aʼzolari soni tobora ortib borayotir. Farrux Rahimboyev, Inobat Jumaniyozova, Baxtigʻaliy Japaqov kabi oʻquvchilar esa toʻgarak mashgʻulotlarida faol qatnashib, ingliz tili bilimdonlari boʻlishdi. Ularga rahbari Mahfuza Ibrohimova mashgʻulotlarni juda qiziqarli tarzda tashkil qilmoqda.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶