30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:26
Fan va taʼlim 👁 716

Oq oltin ovulidagi 1 mlrd. 418 mln. soʻm mablagʻ evaziga taʼmirlangan MTM qanday faoliyat yuritmoqda?

Oq oltin ovulidagi 1 mlrd. 418 mln. soʻm mablagʻ evaziga taʼmirlangan MTM qanday faoliyat yuritmoqda?

Mamlakatimizda uzluzsiz taʼlim yagona tizimining muhim boʻgʻini sifatida maktabgacha taʼlim tizimiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Faoliyat olib borayotgan maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, bolajonlarning yayrab-quvnab ulgʻayishlari uchun munosib sharoitlarni yaratish, maktabgacha taʼlim muassasalarida mehnat qilayotgan pedagog xodimlarning nufuzini oshirish, ular mehnatiga munosib haq toʻlashini yoʻlga qoʻyish borasidagi saʼy-harakatlar oʻzining quvonarli samaralarini berayotir. Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati takomillashtirilib, bolajonlarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalari taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etilmoqda.

Sohaga joriy etilayotgan islohotlar Oq oltin ovulida faoliyat koʻrsatayotgan 9-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida ham oʻz aksini topmoqda. Ayni kunda ushbu maskanda ovul aholisining 75 nafar bolalari taʼlim-tarbiya olishayapti.

Muassasa binosida 2018-yil Investitsiya dasturiga muvofiq 1 mlrd. 418 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bino zamonaviy jihozlar bilan taʼminlanganligi tufayli bu yerda 3 ta guruh tarbiyalanuvchilari uchun alohida oʻquv, dam olish, ovqatlanish kundalik mashgʻulotlarni olib borish uchun munosib sharoitlar yaratildi.

Bolajonlarga “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi asosida taʼlim berilmoqda. 5 nafar tarbiyachilarning 4 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislar boʻlib, oʻz sohasi boʻyicha muntazam malaka va bilimlarini oshirib kelishmoqda. Mavjud oʻyin maydonchasi tarbiyalanuvchilarning jismoniy va aqliy jihatdan chiniqishiga xizmat qiluvchi oʻyinlar oʻynab, vaqtini koʻngilli oʻtkazishlariga xizmat qiladi. Qurib bitkazilgan yozgi basseyn yaqinda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Bolalar tasavvurini boyitishga xizmat qiladigan har bir xonadagi jihozlar, bezaklar, albatta ularning eʼtiboridan chetda qolmaydi. Muassasada tashkil etilgan “Zumradoylar davrasi”, shuningdek, shaxmat-shashka toʻgaraklari mashgʻulotlari bolajonlar uchun ayniqsa qiziqarli kechadi. Soha mutaxassisi boʻlgan Nurbika Pahimova mashgʻulotlarni kichkintoylar oson oʻzlashtirishlari uchun qiziqarli tarzda olib boradi. Shuningdek, Adolat Tulyashovaning musiqa mashgʻulotlarida ham kichkintoylarning vaqti zavqli oʻtadi. Ular yoshlariga mos yengil raqslar, qoʻshiqlar va hatto pianino chalishni ham oʻrganishyapti.

- Bizning asosiy maqsadimiz bolalarni sogʻlom ovqatlantirib, aqliy rivojlantirib, maktab taʼlimiga sifatli tayyorlab, kelgusida barcha fanlarni yaxshi oʻzlashtirib ketishlari uchun zamin yaratishdir, - deydi muassasa mudirasi Sevara Oʻrozboyeva.

O.Pajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026