NUPONIYLAP BILAN YoShLAP DILDAN SUHBAT QUPDILAP
9-avgust kuni “Barkamol avlod” bolalar markazida “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi grant loyihasi doirasida “Maʼnaviyat kuni” davra suhbati oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “”Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” loyihasi doirasida boʻlib oʻtgan davra suhbatida “Barkamol avlod” bolalar markazi mutaxassislari, tarbiyachi-murabbiylar, Mangʻit shahrining Olmazor mahallasi faollari, nuroniy ota-onalar hamda oʻquvchi-yoshlar ishtirok qildilar.

“Maʼnaviyat kuni”da “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” loyihasi rahbari “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganov globallashuv jarayonida yoshlarni yetuk, maʼnaviyatli insonlar qilib tarbiyalashda kitobning ahamiyati, hech bir axborot vositasi kitobning insonga beradigan bebaho maʼnaviy boyligini bera olmasligini taʼkidlab, “Ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik kabi yot gʻoyalarga qarshi kurashda kitobxonlikning beqiyos darajada katta ahamiyat kasb etishi haqida batafsil toʻxtaldi. Yaxshi asarni tanlab oʻqish, milliy mentalitetimizga zid, yot gʻoyalarni targʻib etuvchi kitoblarni taniy bilish, bunday gʻarazli adabiyotlarni hatto qoʻlga ham olmaslik zarurligini taʼkidladi.
Davra suhbati ishtirokchilari boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va ularning ota-onalari yaxshi kitob tanlash, qanday adabiyotlarni oʻqish yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar.
Shundan soʻng, davra suhbati ishtirokchilaridan bir guruhi “Barkamol avlod” bolalar markaziga Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tomonidan sovgʻa qilingan 200 ta noyob kitoblar bilan tanishdilar. Jahon va oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalari hamda mustaqillik davri zabardast yozuvchi va shoirlari qalamiga mansub kitoblarni mutolaa qilish uchun tanlab oldilar. Amudaryolik oʻquvchi-yoshlarga alohida eʼtibor koʻrsatib 200 ta noyob adabiyot sovgʻa qilgani uchun “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi B.Allaberganov Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyiddan cheksiz minnatdor ekanligini izhor etdi.
“Maʼnaviyat kuni” yakunida “Barkamol avlod” bolalar markazi sanʼatsevar yoshlari tomonidan tayyorlangan “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon” shiori ostida tashkillashtirilgan kontsert dasturi namoyish etildi.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶