30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:26
Fan va taʼlim 👁 848

Olmazor mahallasida “Quyoshjon” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi ochildi

Olmazor mahallasida “Quyoshjon” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi ochildi

Yurtimizda qutlugʻ sanalar va katta bayramlarda ijtimoiy soha obʼektlari va xalqimizga xizmat qiladigan tadbirkorlik shoxobchalarining foydalanishga topshirilishidek xayrli anʼana bor. Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi arfasida ham bu anʼana davom ettirildi. 28-avgust kuni Olmazor mahallasida “Quyoshjon” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Muassasaning ochilish marosimida tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi, hududdagi korxona-tashkilotlar masʼullari, fuqarolar yigʻini raisi va boshqalar ishtirok etdilar. Tadbirda soʻz olganlar taʼkidlaganlaridek, keyingi yillarda Amudaryo tumanida maktabgacha taʼlim muassasalari soni 59 taga yetkazildi. Ulardan 49 tasi davlat, 7 tasi oilaviy va 3 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari hisoblanadi.

Tuman hududidagi 3-7 yoshdagi bolalar soni 15 ming 407 nafardan iborat boʻlsa, shundan 6 ming 165 nafari maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya oladi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan maktabgacha taʼlim muassasalar soni 10 taga koʻpayib, maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovi 25,9 foizdan 40,1 foizga oshdi.

Maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha olib borilgan jadal ishlar tufayli bunday samarali natijalarga erishildi. Oʻtgan yili davlat investitsiya dasturi asosida 3 ta maktabgacha taʼlim muassasalari rekonstruktsiya qilinib, “Obod qishloq” dasturi asosida 4 ta maktabgacha taʼlim muassasasida qurilish-montaj ishlari bajarildi. Mahalliy byudjet hisobidan esa taʼmirga muhtoj 10 ga yaqin maktabgacha taʼlim muassasasi joriy taʼmirlandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tumanda 7 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etildi, yana 5 tasiga ruxsatnoma olinib, ish boshlash arafasida.

Olmazor mahallasida ilgari maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi sifatida qurilgan xususiy binoda tashkil qilingan mazkur muassasa 25-oʻringa moʻljallangan boʻlib, yangidan 2 ishchi oʻrni yaratildi. Binoda bolalarning sogʻlom oʻsishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar mavjud. Shuningdek, yongʻin xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya nazoratining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos. Bolalar yotoqxonasi, mashgʻulotlar xonasi kerakli jihozlar bilan taʼminlangan, ovqat pishirish uchun, bolalarning kiyinishi uchun ham alohida jihozlangan xonalar bor.

Olmazor mahallasi aholisi hududda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil qilinganidan va davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan nihoyatda mamnun boʻldilar.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026