“JONAJON OʻZBEKISTONIM, MANGU BOʻL OMON!” ShIOPI OSTIDA MUSTAQILLIK DAPSI BILAN YaNGI OʻQUV YILI BOShLANDI

Tumanimizdagi 22-sonli umumtaʼlim maktabi binosi yangi oʻquv yili oldidan toʻliq taʼmirlandi va 160-oʻrinli qoʻshimcha bino qurildi. Natijada oʻquvchilarning munosib sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishlariga imkoniyat yaratildi. “Obod qishloq” dasturi doirasida taʼmirlangan maktabda oʻquvchi oʻrinlari endilikda 540 taga yetdi.

Shu boisdan “Bilimlar kuni” tadbiri juda koʻtarinki ruhda oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari A.Yoʻldoshev qatnashdi va oʻqituvchilarni, oʻquvchilarni yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan qutladi. 1-sinfga qadam qoʻyayotgan bolajonlarga Prezident sovgʻasi topshirilgach, yangi oʻquv yilining ilk darsi – Mustaqillik darsiga oʻquvchilarni chorlab, qoʻngʻiroq jarangladi.

“Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida oʻtgan dars barcha oʻquvchilarda oʻchmas taassurotlar qoldirdi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶