MANGʻIT IQTISODIYoT KOLLEJI BINOSIDA YaNGIDAN TAShKIL ETILGAN 82-UMUMTAʼLIM MAKTABI OʻZ FAOLIYaTINI BOShLADI
Tumanimizdagi Mangʻit Iqtisodiyot kolleji binosida yangidan 82-umumtaʼlim maktabi tashkil etildi. Kollejning oʻquv-laboratoriya jihozlari, sport va mehnat taʼlimi inshootlari umumtaʼlim maktablari dasturiga muvofiq tayyor holatga keltirildi.

4sentyabr – Bilimlar kunida yangi 82-umumtaʼlim maktabi ochilishi munosabati bilan “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda faxriy ustozlar, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, maktab ota-onalar qoʻmitasi raisi, ota-onalar, maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilar ishtirok etdilar. Tadbirni maktab direktori Z.Ahmanov ochib, yangi oʻquv yili boshlanishi bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladi. Olmazor MFY raisi Baxtiyor Jumatov va tuman xalq taʼlimi boʻlimi xodimi Tamara Kenjayevalar soʻzga chiqishi, barchani Bilimlar kuni bilan muborakbod etdilar. Oʻquvchilar Vatan haqidagi sheʼr, qoʻshiq va raqslari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi. 1-sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻalari taqdim etilib, birinchi qoʻngʻiroq chalindi. “Mustaqillik darslari” oʻtilib, darslarda ota-onalar va faxriylar ham ishtirok etishdi.
R.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶