30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:14
Fan va taʼlim 👁 885

Prezident maktabi oʻquvchilari: ularni Sh.M.Mirziyoyev Oʻzbekistonning “oltin fondi” deb atadi

Prezident maktabi oʻquvchilari: ularni Sh.M.Mirziyoyev Oʻzbekistonning “oltin fondi” deb atadi

Mustaqil Oʻzbekiston yil sayin barcha sohalarda taraqqiyot pillapoyalaridan tobora yuksalib bormoqda. Bundan ham yuksak marralarni zabt etish uchun mamlakatimizga har tamonlama yetuk va salohiyatli kadrlar kerak. Shu maqsadda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 20-fevralda “Prezident maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida” gi Qarorni imzoladi. Prezident Qaroriga koʻra, mamlakatimizning barcha viloyatlarida bosqichma-bosqich Prezident maktablarini tashkil etish belgilandi. 2019-2020 oʻquv yilida Toshkent shahrida, Xiva, Nukus va Namangan shaharlarida Prezident maktablari tashkil etildi. Prezident maktablariga qabul esa Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan 4-sinf bitiruvchilari boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbat natijalariga koʻra amalga oshirildi. Oʻquv jarayoni xorijiy taʼlim muassasalari bilna hamkorlikda ishlab chiqilgan reja va dasturlar asosida, ingliz tilida olib boriladi va taʼlim – tabiiy fanlar, texnologiya, texnik ijodkorlik, sanʼat va matematika dasturi boʻyicha yuritiladi.

Shunisi ahamiyatliki, Prezident maktablarining 9-11-sinflarida taʼlim olish oʻquvchilarning qiziqishlariga koʻra, ayrim fanni tanlash va ularni oʻrganish darajasini inobatga olgan holda individual oʻquv jarayoni asosida amalga oshiriladi.

Joriy oʻquv yilida Nukus shahrida tashkil etilgan Prezident maktabida oʻqish istagini bildirib hujjat topshirgan oʻquvchilar uchun saralash imtihonlari muvaffaqiyatli oʻtdi. Shuni mamnuniyat bilan qayd etamizki, Nukus shahrida tashkil etilgan Prezident maktabiga tumanimizdan 13 nafar oʻquvchilar qabul qilindilar. Xususan, 1-umumtaʼlim maktabidan bir yoʻla ikki nafar oʻquvchi ushbu nufuzli bilim maskanida taʼlim oladigan boʻlishdi. Maktabning 9-sinf oʻquvchisi Bunyodbek Xolmurodov hamda 5-sinf oʻquvchisi Qudrat Xayitboyevlar mantiqiy fikrlash, matematika va ingliz tili fanlari boʻyicha test savollarini yechish, oʻz fikrini mantiqan maʼnodor ifoda etish, ingliz tilida erkin muloqot qilish boʻyicha yuqori natijalarga erishib, Prezident maktabi oʻquvchilari safidan joy olishdi.

Shuningdek, 16-umumtaʼlim maktabidan 10-sinf oʻquvchisi Firdavs Bobojonova, 7-cinf oʻquvchisi Shahriyor Shamurodovlar, 40-umumtaʼlim maktabining 7-sinf oʻquvchisi Abrorjon Shukurullayev, 9-sinf oʻquvchisi Shohruh Yoʻldoshevlar ham endi Prezident maktabida tahsil oladigan boʻlishdi.

Prezident maktabiga qabul jarayonida amudaryolik oʻquvchi-yoshlar oʻzlarinig intiluvchan va bilimdon ekanliklarini namoyon etdilar. Tumanimizdagi 6-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi Mirzabek Qurbonboyev, 19-maktabning 6-sinf oʻquvchisi Muhriddin Jumaboyev, 26-sonli maktabning 6-sinf oʻquvchisi Javohir Saʼdullayev, 36-umutaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Nurbek Yoʻldoshev, 55-umumtaʼlim maktabi 8-sinf oʻquvchisi Payhona Charshamboyeva, 68-maktabning 5-sinf oʻquvchisi Jamshidjon Ahmedovlar ham ikki bosqichda boʻlib oʻtgan Prezident maktabiga saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, ushbu nufuzli maktabda oʻqish baxtiga muyassar boʻldilar.

Siz endi Oʻzbekistonning “oltin fond” larisiz, – dedi Prezident Sh.M.Mirziyoyev, yangi oʻqish yilining ilk kunlarida, Toshkent shahrida ochilgan Prezident maktabining ilk oʻquvchilariga. – Xalqning, mamlakatning buyukligini tarannum etadigan narealar koʻp. Lekin eng afzali bilim bilan namoyon etish. Sizlar bilimingiz, yurish-turishingiz, vatanparvarligingiz bilan hamma yoshlarga namuna boʻlishingiz kerak. Kelgusida Oʻzbekiston taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatadigan kuch boʻlasizlar.

Darvoqe, mana bu koʻzlari chaqnab turgan, oʻz fikrini dadil va mantiqan yuksak darajada ifodalay oladigan oʻgʻil-qizlarning mustaqil Vatanimiz uchun barcha sohalarda suyanch togʻlari boʻlishlariga shak-shubha yoʻq. Chunki bu oʻgʻil-qizlar hali bolalik va oʻsmir yoshidanoq oʻzlarining orzu manzillari tomon ilk dadil qadam qoʻydilar. Bilim va salohiyatlarini taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston bilan chet ellik hamkorlar ishtirokida boʻlib oʻtgan nufuzli qabul hayʼati oldida namoyon etishdi, yaʼni, Kembrij Universitetining Sembridge Assessment international Edication brendi asosida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi talablariga munosib oʻquvchilargina Prezident maktabiga qabul qilindilar. Ishonamizki, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Oʻzbekistonning “oltin fond lari” ga aylangan tumanimiz oʻquvchi-yoshlari kelgusida kelajagi buyuk davlatimizning yanada taraqqiy etishida oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshadilar.

Pobiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026