Geografiya fani oyligida oʻquvchilar yanada kengroq bilim va maʼlumotlarga ega boʻlishdi
Umumtaʼlim maktablarida muntazam oʻtkazib boriladigan fan oyliklari davomida oʻquvchilarning bilimlari mustahkamlanadi. Fanga boʻlgan qiziqishlari yanada ortib, tushunchalari kengayadi.
Tumandagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida sentyabr oyi mobaynida geografiya fani oyligi oʻtkazildi.
2-oktyabr kuni mazkur fan oyligi yakunlariga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi va unda maktab oʻquvchilari faol ishtirok etishdi. Maktabda fanga doir oʻquv adabiyotlar, qoʻllanmalar, bukletlar, oʻquv qurollari va boshqalardan koʻrgazma tashkil qilindi. Fan boʻyicha ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida ochiq oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib, oʻquvchilarning bilimlari mustahkamlandi. Maktabning 7-sinf oʻquvchilari esa “Buyuk geografiya” deb nomlangan bellashuvda fan boʻyicha oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi. Shuningdek, tadbirga quvnoqlik kiritish uchun shoʻx raqslar, tabiat haqidagi sheʼrlar, sahna koʻrinishlari ijro qilishdi.
Fan oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar davomida maktab oʻquvchilari dunyo mamlakatlari, ularning xaritadagi joylari, buyuk allomalar, tabiat haqida yanada kengroq bilim va maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶