GULZOP MAHALLASIDA YaNGI UY BOGʻChA OʻZ FAOLIYaTINI BOShLADI
Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga katta eʼtibor qaratimoqda. Xususan, ushbu sohani rivojlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumanimizda ham bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanimizdagi jami maktabgacha taʼlim muassasalari lar soni 64 ta boʻlib, shundan 49 tasi davlat, 3 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi, 12 tasi esa oilaviy maktabgacha taʼlim muassasalaridir.
Endilikda maktabgacha taʼlim muassasalari soni yana bittaga koʻpaydi.Gulzor mahallasida istiqomat qilayotgan Gulshirin Ismoilova davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etib, savobli ishga qoʻl urdi. 25 nafar bolajonlarni oʻz bagʻriga olgan ushbu bogʻchada 1 nafar tarbiyachi va 1 nafar tibbiyot hamshirasi faoliyat olib boradi.
– Biz bogʻchamizda bolajonlar uchun barcha sharoitlarni yaratib, uni namunali tarbiya maskaniga aylantiramiz,– deydi mudira Gulshirin Ismoilova.
Maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlimning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini taʼminlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi.
Bogʻchaga borgan va bormagan bola oʻrtasida katta farq mavjud boʻladi. Makatabgacha taʼlim muassasasi bolaning barcha qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi va fikrlash darajasining rivojlanishi uchun boshlangʻich tayanch vazifasini oʻtaydi. Gulzor mahallasidagi yangi uy bogʻcha ham shu maqsadga xizmat qilishi shubhasiz.
A.Jumaniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶