Tuman saylov komissiyasi tomonidan seminar oʻtkazildi
2019-yil 15-oktyabr kuni Amudaryo tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman saylov komissiyasining seminari oʻtkazildi.
Seminar mashgʻulotida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga hamda Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarning rais va kotiblari, shuningdek tegishli okruglardagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari va kotiblari ishtirok etdi.
Seminarda komissiya raisi Moʻʼminjon Matyusupov shu kunga qadar komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ishtirokchilarga keng turda axborot berdi.
Shu bilan birga Oʻzbekiston Pespublikasi Saylov kodeksi talablari, Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari vakolatlari va ularning ish faoliyatini tashkil etish masalasida okrug saylov komissiyalari raislari, kotiblari bilan oʻzaro fikr almashildi.
Tuman hokimligi tashkiliy nazorat boʻlimi mutaxassisi Azat Almuratov seminar ishtirokchilarga okrug saylov komissiyalarining oldindan turgan vazifalari, ular tomonidan saylov jarayonida amalga oshirilishi kerak boʻlgan chora-tadbirlar haqida tushuntirish berdi.
Bundan tashqari, okrug saylov komissiyalari tomonidan amalda qoʻllanadigan qarorlar namunalari ham slaydlar orqali koʻrsatib berilib, ularning qanday hollarda va asoslarda qabul qilinishi batafsil tushuntirib oʻtildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga tuman saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan metodik qoʻllanmalar tarqatildi.
Moʻʼminjon Matyusupov, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga
saylov oʻtkazuvchi tuman Saylov komissiyasi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶