30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:17
Fan va taʼlim 👁 542

ONA TILIMIZ ZAVOL TOPMAYDI

ONA TILIMIZ ZAVOL TOPMAYDI

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili asrlar osha xalqimizning ichki maʼnaviy dunyosi,  insoniylik olamini ifodalab kelayotgan milliy boyligimizdir. Xalq dostonlaridagi timsollarimiz,  maqol va topishmoqlar olamidagi sir- u asrorlar, kitobxonni hayratga soladigan afsonalar,  sehrli baytlar,  oʻtli misralar, pandnomalar ana shu jozibali ona tilimizda bitilgan,  uning boʻy-bastini dunyoga tarannum etgan. Maʼnaviyatni Sharqdan oʻrganish kerak deganda allomalar qanchalik haq ekanligini hayot isbotlab turibdi.  Chunki bagʻrida insoniylik mevalarini yetishtiradigan adabiyotimizga, goʻzal tilimizga talpinishning oʻzi bir maʼnaviyat. Ona tilimiz sofligi va goʻzalligini saqlab avlodlarga yetkazmoq biz kattalarning muqaddas burchimiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Davlat tili haqida"gi Qonun qabul qilinganligining oʻttiz yilligini munosib kutib olish haqida qaror qabul qilindi. Bu ayni vaqtda tilimizga boʻlgan eʼtibor va hurmatning bir koʻrinishi.  Davlat rahbari va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qaror munosabati bilan joylarda tilimiz haqidagi Qonunning oʻttiz yilligini nishonlash boʻyicha turli xil tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu chora va tadbirlar yoshlarni oʻz ona tili va adabiyotini ardoqlash va asrab-avaylash tuygʻularini yanada rivonlantirishi shak- shubhasiz.

 Men ham ona tili fani oʻqituvchisi sifatida ona tilimiz goʻzalligini bolalarga yetkazayotganimdan behad baxtiyorman.  Oʻquvchilarda adabiyotga,  badiiy asarlar oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini oshira olsam ayni muddao.

 Joriy yil Toshkent shahrida oʻtkazilgan "Men sevgan adabiy qahramon" mavzusidagi insholar tanlovida 8- sinf oʻquvchim Shomurodova  Feruza bilan ishtirok etib qaytdim va ayta olamanki,  bu kunlar pedagogik faoliayatimdagi eng baxtli,  shukuhli kunlarim boʻldi.  Sababi adabiyotni sevadigan yoshlar va ustozlar davrasida boʻlishning gashti boshqacha.   Bu jarayonni kuzatar ekanman,   bolajonlar qalbi keng,  ular adabiyot olamida yashayotganini angladim.  Kitob oʻqimayapti, deb tahlikaga tushishga hojat yoʻq.  Bir-biridan zukko, bir-biridan ijodkor oʻquvchilar menga ilhom bagʻishladi.  Men ham oʻz shogirdim taassurotlarini eshitib,  umrim,  faoliyatim bekor oʻtmayotganiga,  shogirdlarimni ona tilimizni sevishga jalb qilayotganimga quvondim.

Qaysi millat oʻz ona tilini asrasa,  eʼtibor koʻrsatsa,  u millatning kelajagi yorugʻ.  Biz ham ana shunday millatlar qatoridamiz,  insholloh.

 Barcha yurtdoshlarimizga ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganligining oʻttiz yilligi muborak boʻlsin!

Guloyim BEGJONOVA, 11-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026