QISh MAVSUMIGA TAYYoRGARLIK KOʻRILDI
Prezidentimizning “2019-2020-yillarda kuz-qish mavsumiga barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli buyrugʻiga asosan aholi yashash joylari va ijtimoiy soha obʼektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirildi. IIB Yongʻin xavfsizligi boʻlimi xodimlari hamda tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda tasodifiy yongʻinlarning oldini olish maqsadida tuman hududidagi 49 ta 2 qavatli turar joylarning qozonxonalari va oshxonalarida oʻrnatilgan gaz plitalarning xavfsizligi koʻzdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tushuntirish ishlari ham olib borildi va xonadonlarga eslatmalar tarqatildi.
Umumtaʼlim oʻrta maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarda muassasa rahbarlari bilan birgalikda obʼektda oʻrnatilgan qozonxona va pechlarning mavsumga tayyorligi tekshirib koʻrildi. Bu yerda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha muassasa rahbariga takliflar berildi va ularning qisqa vaqt ichida bartaraf etilishiga erishildi. Shuningdek, muassasalarda yongʻin xavfsizligi taʼminlash, tegishli qoidalarga amal qilish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Yashash joylarda yongʻinlarning oldini olish uchun yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish lozim. Xonadonlarda tabiiy gazdan gaz quvuriga rezina shlang ulab foydalanilmasligi kerak. Nosoz gaz plitalar, elektr uskunalarni umuman ishlatish mumkin emas. Elektr uskunalarni tarmoqqa ulangan holda qarovsiz qoldirish, yosh bolalarga eʼtiborsiz boʻlish, qoʻlbola gaz va elektr uskunalarni ishlatish yomon oqibatlarga olib keladi. Uy atrofida, molxonalar yaqinida qurigan oʻt-choʻp va chiqindilarni yoqib tashlab ketilsa ham yongʻin sodir boʻlishi ehtimoldan holi emas. Shu sababli har birimiz eʼtiborsizlik qilmasdan, atrof-muhitga loqayd qaramasdan doim hushyor boʻlsak, har qanday xatarning, zararli oqibatlarning oldini olishga erishamiz. Agarda yongʻin xavfini sezib qolsangiz 101 yoki 61 515-17-41 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻrab qolamiz.
M.YuSUPOV, tuman IIB YoXB inspektori, katta serjant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶