29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:11
Jamiyat 👁 566

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI”: BAYRAM OLDIDAN HUShYoRLIK VA TAYYoRGARLIK SINOVDAN OʻTKAZILDI

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI”: BAYRAM OLDIDAN HUShYoRLIK VA TAYYoRGARLIK SINOVDAN OʻTKAZILDI

Yil yakunlanib, barchamiz intiqib kutadigan Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari yurtimizda koʻtarinki kayfiyat hukm surmoqda. Xonadonlardagi shodiyonalar, bezatilgan archalar va bayram tadbirlari, shubhasiz, dillarga quvonch bagʻishlaydi. Biroq, bunday kunlar quvonchi avvalo, osoyishtalik va xavfsizlikka bogʻliq. Shu bois, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, xususan, Amudaryo tumanida bayram oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Maʼlumki, qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalanishga boʻlgan ehtiyojning ortishi, shuningdek, bayram kunlarida pirotexnika vositalari va turli yoritgichlardan foydalanish yongʻin xavfini yuzaga keltirishi mumkin. Ushbu omillarni inobatga olgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hududiy komissiyasining 2025-yil 28-noyabrdagi tegishli bayoni hamda Amudaryo tumani hokimining 2025-yil 29-noyabrdagi topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda 2025-yil 1-noyabrdan 30-dekabrga qadar “Yongʻin xavfsizligi oyligi” eʼlon qilingan edi.

Ayni kunlarda mazkur oylik doirasida tuman hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda tumandagi boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan keng koʻlamli oʻquv-amaliy mashgʻulotlar ana shu tizimli ishlarning uzviy davomi boʻldi.

Tumanda joylashgan harbiy qismlardan birida tashkil etilgan koʻrgazmali uchrashuv harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun haqiqiy mahorat maktabiga aylandi. Targʻibot tadbirida nafaqat yongʻin xavfsizligi, balki qish mavsumining dolzarb muammosi boʻlgan is gazidan zaharlanishning oldini olish, sifatsiz pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Harbiy qismda oʻtkazilgan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlarida ham asosiy eʼtibor bayram tadbirlari oʻtkaziladigan aholi gavjum joylarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush holatlarning oldini olishga qaratildi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, favqulodda vaziyatlarda inson hayotini saqlab qolishda "oltin soat" qoidasi va vahimaga tushmaslik muhim ahamiyatga ega. Shu bois, mashgʻulotlar davomida ommaviy tadbirlar chogʻida yongʻin sodir boʻlganda qanday harakat qilish, odamlarni binolardan xavfsiz evakuatsiya qilish hamda jabrlanganlarga tezkor birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus yoʻriqnomalar amalda sinab koʻrildi.

Tadbir doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan zamonaviy yongʻin oʻchirish texnikalari, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Mutaxassislar texnikalarning imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berib, ularni ishga tushirish jarayonlarini namoyish etdilar.

Tumanning bosh archasi oʻrnatilgan maydonda ham amaliy mashgʻulotlar tashkil qilindi. Turli stsenariylar, jumladan, "shartli yongʻin" va "qutqaruv operatsiyasi" asosida tashkil etilgan taktik mashqlarda masʼul xizmatlarning oʻzaro hamkorligi, xabar berish tizimining tezkorligi va voqea joyiga yetib borish vaqti nazoratdan oʻtkazildi. Jabrlanganlarga tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ham amaliy koʻnikmalar sinovdan oʻtkazildi. Bunday mashqlar turli idora vakillarining "soat mexanizmi"dek aniq va muvofiqlashgan holda ishlashini taʼminlashga xizmat qiladi.

Oʻquv mashgʻulotlari davomida shartli ravishda hosil qilingan olov oʻchogʻini bartaraf etish jarayoniga oʻt oʻchiruvchilar bevosita jalb qilindi. Ishtirokchilarga birlamchi oʻt oʻchirish vositalaridan toʻgʻri foydalanish, yongʻinni boshlangʻich pallasida jilovlash usullari oʻrgatildi. Bunday koʻnikmalar har bir fuqaro uchun hayotiy zarurat hisoblanadi. Shuningdek, bayram kunlarida jamoat joyida bezorilik, oʻgʻirlik harakatlarini sodir qilgan shartli huquqbuzar “Milliy gvardiya”ning qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Qolaversa, tabiiy gaz va elektr energiyasi taʼminoti korxonalari xodimlari ham bayram kunlarida favqulodda holatlarning oldini olish, energiya manbalarining uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazdilar.

Amudaryo tumanida davom etayotgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi” tadbirlari shunchaki hisobot uchun emas, balki aholi xavfsizligini real taʼminlash, fuqarolarda favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Zero, bayramlar tinchlik va osoyishtalik bilan fayzlidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026