30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:38
Siyosat 👁 671

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi miting oʻtkazdi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi miting oʻtkazdi

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan mamlakatimiz boʻylab yangi formatda oʻtkazilayotgan saylovoldi targʻiboti kun sayin faollashmoqda.

Xususan, 2019-yil 16-noyabr kuni Amudaryo tumani Mangʻit shahridagi “Dehqon bozori” oldida partiya Amudaryo tuman kengashi tomonidan “Birmiz! Qoʻlni qoʻlga beramiz!” shiori ostida navbatdagi miting boʻlib oʻtdi.

Tadbirda partiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi Ijroiya qoʻmitasi Devoni rahbari Levitan Abdimuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi mutaxassisi Iskandar Jarimbetov, partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Maryam Ahmedova va tuman Kengashidagi deputatlari, partiya “Ayollar va Yoshlar qanoti” faollari, yoshlar, sanʼatkorlar, sportchi chempionlar, madaniyat xodimlari, xunarmandlar uyushmasi, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Saylovoldi targʻiboti doirasida milliy hunarmandlik mahsulotlari hamda tumanimiz tarixi va buguni aks ettirilgan rassomchilik asarlari koʻrgazmasi tashkil qilindi.

Targʻibot tadbirida partiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi Ijroiya qoʻmitasi Devoni rahbari Levitan Abdimuratov soʻzga chiqib, bu yilgi saylov kampaniyasiga “Yangi Oʻzbekiston, yangi saylov” shiori ostida start berilib, bu jarayon yangi Saylov Kodeksi asosida oʻtkazilayotgani aytib oʻtdi.

Shuningdek, saylov bu, eng avvalo, xalqimizning davlat hokimiyati organlari faoliyatida oʻz vakillari orqali ishtirok etishdek Konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish hamda mamlakatimizdagi demokratik jarayonlarning yorqin koʻzgusi ekanligi va ayni paytda ana shunday muhim kampaniyada faol ishtirok etib, gʻalaba qozonish Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy vazifasiga aylanganligi eʼtirof etildi.

Bu borada “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi xalqimizda milliy oʻzlikni anglash hissini oʻstirishga harakat qilar ekan, tarixiy, madaniy va ilmiy-intellektual merosni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash, boyitish va yanada koʻpaytirishga koʻmaklashish, oʻzbek xalqining boy tarixi va madaniyatini oʻrganish, ushbu boyliklarni yosh avlod oʻrtasida keng miqyosda targʻib etish, yoshlarda tarixiy meros va xalq anʼanalariga hurmat, ehtirom uygʻotish kabi keng koʻlamli vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.

Qayd etilganidek, partiya oʻz gʻoyalarini hayotga izchil tatbiq etgan holda saylovda faol ishtirok etishni, parlamentda eng koʻp deputatlik oʻrniga ega boʻlishni rejalashtirmoqda. “Inson oʻzgarsa – jamiyat oʻzgaradi” shiori ostida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini oʻrganish va bartaraf etishga koʻmaklashish, taʼlim va tarbiya sifati uzluksizligini taʼminlashga eʼtibor qaratish, milliy qadriyatlarni aholi orasida keng targʻib etish partiyaning ustuvor maqsadlaridan sanaladi.

Tadbirda foal qatnashgan ishtirokchilarga partiyaning esdalik sovgʻalari topshirildi hamda partiya safiga yangi aʼzolar qabul qilindi.

Ishtirokchilarga «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining yangilanayotgan Oʻzbekistondagi shiddatli oʻzgarishlarga javob beradigan, xalqimizning maʼnaviy va iqtisodiy yuksalishiga xizmat qiluvchi gʻoyalari, saylovoli Platformasida belgilangan ustuvor vazifalari haqida maʼlumotlar berildi.

Maydon uzra “Birmiz! Qoʻlni-qoʻlga beramiz!” shiori yangradi.

Gulzoda Eshimbetova, OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026