30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:37
Siyosat 👁 634

Saylov uchastkalarida tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazildi

Saylov uchastkalarida tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazildi

Ayni kunlarda mamlakatimizda muhim ijtimoiy-siyosiy  jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik eng soʻnggi pallaga kirdi. Barcha saylov uchastkalarida 22-dekabr – saylovlar kunini uyushqoqlik bilan oʻtkazish, boʻlib oʻtadigan saylovlarda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida saylovchilar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi.

Toʻlqin ovuli hududidagi 124-saylov uchastkasi 33-sonli maktab binosida joylashgan. Saylovlar kunida ovul hududidagi “Tuyoqli”, “Changalqalʼa”, “Polvonboy” aholi punktlarida istiqomat qiluvchi 1 ming 670 nafar aholi oʻzlari tanlagan partiya nomzodlarini qoʻllab-quvvatlab ovoz beradilar. Saylovchilarning emin-erkin ovoz berishlari uchun bu yerda zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Saylov uchastkasida saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishlarini tashkil etish, hududdagi saylovchilarni saylov qonunchiligi bilan tanishtirish, ularga saylovga qachiruv qogʻozlarini oʻz vaqtida yetkazish, beshta siyosiy partiyalarning dasturlari va partiyalardan koʻrsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan yaqindan tanishishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

***

Beshtom mahallasi hududidagi 24-sonli maktab binosida joylashgan 132-saylov uchastkasi ham 22-dekabr – saylovlar kuniga taxt qilib qoʻyildi. Beshta siyosiy partiyadan koʻrsatilgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlar, partiyalarning saylovoldi harakat dasturlari aks ettirilgan bannerlar, saylov qonunchiligiga oid ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar va matbuot nashrlari bilan taʼminlangan saylov uchastkasi bayramona bezatilgan. Keksalar, onalar va bolalar uchun xonalar, tibbiyot xonasi hamda ovoz berish boʻlmalari zarur anjomlar bilan jihozlangan.

Beshtom mahallasi hududidagi “Beshtom” va “Xoʻjakoʻl” aholi punktlarida istiqomat qiluvchi 1 ming 512 nafar saylovchiga 22-dekabr – saylovlar kunida oʻz fuqarolik burchlarini ado etishlari uchun chaqiruv qogʻozlari tarqatildi. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining oʻzaro jipslikda, aniq reja asosida ish olib borganliklari bois, saylovlar kunida birinchi marta ovoz beradigan 21 nafar yosh saylovchilar oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga oʻz vaqtida javob berildi.

Shuningdek, mazkur saylov uchastkasida bir necha nafar saylovchilar oʻz arizasiga asosan muddatidan oldin ovoz berib, oʻzlari tanlagan nomzodlarni qoʻllab-quvvatladilar.

***

Qipchoq ovulidagi 129-saylov uchastkasi ham saylovlar kuniga taxt qilib qoʻyildi. 18-sonli maktab binosida joylashgan mazkur saylov uchastkasi hududiga “Koʻkchi”, “Qayirovul” va “Taraqqiyot” aholi punktining  janubiy qismi kiradi, saylovchilar soni esa 2 ming 750 nafarni tashkil etadi.

Mazkur saylov uchastkasida ham saylovlar kuniga puxta hozirlik koʻrildi.

Saylov uchastkasi davlat  ramzlari, zamonaviy axborot texnologiyalari, saylov qonunchiligiga oid zarur adabiyotlar, matbuot nashrlari, targʻibot bannerlari bilan jihozlandi. Nogironligi boʻlgan saylovchilar, keksalar, onalar va bolalar uchun zarur sharoitlar yaratilib, tibbiyot xonasi, saylov qutilari va ovoz berish boʻlmalari taxt qilib qoʻyildi.

Shuningdek mazkur saylov uchastkasida ilk marta ovoz beradigan 165 nafar yoshlar, oldindan ovoz berish istagida boʻlgan saylovchilarga zarur tushunchalar berildi.

Saylov uchastkasi hududida roʻyxatga olingan saylovchilar oʻzlari uchun maqbul boʻlgan siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari haqida toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlib, mazkur partiyalar tomonidan koʻrsatilgan nomzodlar bilan uchrashuvlar oʻtkazishdi.

Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari uyma-uy yurib, saylovchilarning yagona elektron bazaga kiritilganini tekshirib, aniqlik kiritgani esa saylov kunida ovoz beruvchilarni roʻyxatga olishda ancha yengilliklar yaratadi.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026