30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Siyosat 👁 713

Saylovga tayyorgarlik ishlari sifatli tarzda yakuniga yetkazildi

Saylovga tayyorgarlik ishlari sifatli tarzda yakuniga yetkazildi

Yurtimizda joriy yilgi saylovlarga tayyorgarlik yangi qabul qilingan Saylov kodeksiga muvofiq uyushqoqlik bilan olib borildi. Xususan, tuman va shaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan saylov uchastkalari tuzildi. Saylovchilarga imkon qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida saylov uchastkalarini tuzishda hududlarning chegaralari inobatga olindi. Bajarilgan amaliy ishlar natijasida Amudaryo tumanida ham barcha saylov uchastkalari saylovga tayyor holatga keltirildi. Xususan, Xitoy ovuli hududidagi 85-sonli umumtaʼlim maktabi binosida joylashgan 110-saylov uchastkasida ham ushbu muhim siyosiy jarayonni oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, 110-saylov uchastkasida 15 nafar aʼzodan iborat uchastka saylov komissiyasi tuzilgan. Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatida koʻrsatilgan 2 ming 320 nafar saylovchi uyma-uy yurib xatlov natijasida aniqlanib, mazkur roʻyxat saylovchilar tanishib chiqishi uchun axborot devoriga ilib qoʻyildi. Uchastka hududida birinchi marta ovoz beruvchilar 97 nafar, nogironligi boʻlgan saylovchilar 4 nafar va koʻzi ojizlar 3 nafarni tashkil etadi.

Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishi uchun toʻliq sharoit yaratilgan. Saylovchilardan 3 nafari mazkur imkoniyatdan foydalanib, muddatidan oldin ovoz berish orqali oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqardi.

Saylov jarayonini yuqori saviyada oʻtkazish uchun uchastka joylashgan bino, yaʼni 85-sonli maktab hududi obodonlashtirildi, yoritish chiroqlar, saylov uchastkasi joyini aniqlovchi koʻrsatgichlar hamda saylovga chorlovchi peshlavha va plakatlar oʻrnatildi.

Maktab binosi va xonalari qishgi mavsumga puxta tayyorlangan boʻlib, issiq va shinam. Binoga keluvchi yoʻl va yoʻlakchalar toʻliq asfaltlangan. Favqulodda holatlardan muxofaza choralari koʻrilgan.

Saylov oʻtkazish xonasi, uchastka saylov komissiyasi va komissiya raisi xonalari, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish xonasi Saylov kodeksi hamda Nizomga muvofiq talab darajasida jihozlangan. Ayni paytda deputatlikka nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot taxtasida yoritilgan.

Hududdagi barcha saylovchilar taklifnoma orqali saylov kuni, vaqti, saylov uchastkasining manzili, murojaat uchun telefon raqami, muddatidan oldin ovoz berish vaqti va tartibi toʻgʻrisida xabardor qilindi.

Bir soʻz bilan aytganda, mazkur uchastka ham saylov kunida saylovchilar oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarib, oʻzlari saylagan nomzodga ovoz berishlari uchun barcha sharoitlarga ega.

***

Amudaryo tumani Namuna mahallasidagi 52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida joylashgan 111-saylov uchastkasida ham saylovga tayyorgarlik ishlari sifatli tarzda yakuniga yetkazildi.

Xususan, Saylov uchastkasi tashkil qilingan kundan boshlab uning atrofini obodonlashtirish va jihozlash ishlari jadal surʼatda olib borildi. Homiy tashkilotlar yordami bilan kerakli boshlangʻich tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Saylov uchastkasi joylashgan bino tuman telekommunikatsiya boʻlimi tomonidan mobil telefon hamda modem bilan taʼminlandi. Shuningdek, saylov uchastkasi davlat ramzlari, saylovchilar kabinasi, saylov qutilari, peshlavhalar, kantselyariya mahsulotlari, Oʻzbekiston Respublikasi saylovga oid qonun hujjatlariga doir kitoblar bilan taʼminlandi.

Saylov qonunchiligiga asosan saylov uchastkasida ishchi guruh aʼzolari orasida navbatchilik tashkil qilindi va vazifalar taqsimoti belgilanib, saylov uchastkasi hududidagi barcha saylovchilarga taklifnomalar tarqatildi.

Saylov qonunchiligiga asosan muddatidan oldin ovoz berish boshlanishidan 1 kun oldin uchastka saylov komissiyasi yetarli miqdorda byulletenlar bilan taʼminlandi va hozirga qadar 3 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.

***

Shuningdek, Amudaryo tumandagi 112-sonli saylov uchastkasida ham tayyorgarlik jarayonlari sifatli tarzda yakuniga yetkazildi. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari 17 kishidan iborat boʻlib, saylov uchastkasi Tor yop mahallasi hududidagi  21-sonli maktab binosida joylashgan.

Uchastka saylov jarayonini tashkil qilish va oʻtkazish uchun barcha kerakli anjomlar bilan taminlangan. Xususan, saylov uchastkasi joylashgan bino tungi chiroqlar, nogironlar aravachasi uchun chiqish yoʻlaklari, peshlavhalar va boshqa zarur vositalar bilan taminlangan. Uchastkada obodonlashtirish ishlari olib borilgan boʻlib, maktab binosiga olib boruvchi yoʻllar tekislangan. Binoda saylovchilarning kerakli maʼlumotlarni olishlari uchun barcha qulayliklar yaryatilgan. Jumladan, Saylov kodekslari, axboratnoma, nomzodlar roʻyxati, uchastka xaritasi, alohida peshlavhalarda joylashtirilgan. Peshlavhalarda komissiya aʼzolarining ish taqsimoti va navbatchilik jadvallari ham joylashtirilgan. Qolaversa, saylov uchastkasi internet tarmogʻi hamda barcha texnik vositalar bilan taʼminlangan.

112-sonli saylov uchastkasida jami 2 ming 608 nafar saylovchilar roʻyxati bazaga kiritilib, xatlovdan oʻtkazilgan. Saylovchilarning siyosiy bilimlarini oshirish hamda yurtimizdagi saylov tizimidagi yangiliklar va oʻzgarishlardan boxabar qilish maqsadida uchastka saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan yigʻilishlar oʻtkazilib, tushunchalar berildi. Shuningdek, uchastka saylov komissiyasining barcha aʼzolariga saylov kuni va saylovgacha boʻlgan vazifalar toʻla taqsimlab berilgan. Uchastkada komissiya raisi va azolari uchun alohida xonalar ajratilgan va saylovchilar uchun tibbiyot xonalari ham tayyor holatga keltirilgan.

Bu kabi tashkiliy ishlar saylov jarayonini koʻtarinki ruhda, saylovchilarning faolligida va eng asosiysi qonun talablari asosida oʻtkazish imkonini beradi.

Charos ARSLONOVA, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026