30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:35
Siyosat 👁 560

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 76-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 76-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2019-yil 17-dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 76-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi. Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Sessiya kotibligiga 8-Boʻston saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Xalmurat Oʻrazakov saylandi.

Sessiya kun tartibiga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va tuman Kengashining faoliyatiga doir jami 5 ta masala kiritildi.

Kun tartibidagi birinchi, yaʼni “Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2020-yilgi asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyazov axborot berdi.

Taʼkidlanganidek, 2020-yilda Amudaryo tumanining mahalliy byudjeti daromadlari  98 mlrd 544 mln soʻm, xarajatlari esa 129 mlrd 827 ming soʻmga prognoz qilingan. Yuqori byudjetdan ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar miqdori 31 mlrd 824 mln soʻmni tashkil qiladi. Soliqlar boʻyicha tushumlar 2020-yilda 44 mlrd 567 mln soʻmni tashkil qilishi prognoz qilingan.

Tuman mahalliy byudjetining asosiy qismi taʼlim va tibbiyot sohasiga, qolaversa, madaniyat va sport sohasi, ijtimoiy nafaqalar, obodonlashtirish ishlari, qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xokimiyat, davlat boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalarini saqlash uchun yoʻnaltiriladi.

Kun tartibidagi navbatdagi – “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid tuman dasturining ijrosi toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyev hisobot berdi.

Hisobotda tuman dasturi doirasida iqtisodiyotni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish, hududlarni obodonlashtirish va boshqa sohalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida toʻliq maʼlumotlar berildi.

Sessiyada jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning ahvoli toʻgʻrisida tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Nurbek Kamolov hisobot berdi.

Hisobotda jriy yilning shu kunigacha barcha yunalishlar buyicha tuman hududida 70 ta jinoyat qayd qilingan boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan umumiy jinoyatlar soni 25 taga kamaygani aytib oʻtildi.

Hisobotda shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish, ovul va mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida keng turda toʻxtalib oʻtildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala – tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini sifatli va arzon dori vositalari bilan taʼminlanishini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari Alisher Yuldashev axborot berdi.

Axborotda qayd qilinganidek, Amudaryo tumanida 2019-yilning 11 oyi davomida 6 ming 107 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi tomonidan bepul retsept, ijtimoiy yordam hisobidan 186 mln. 86 ming soʻm miqdorida dori-darmon vositalari bilan taʼminlangan. Tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining kardiologiya xonasida dispanser nazoratiga olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan bemorlarga jami 4 mln. 577 ming soʻm miqdoridagi 7 xil turdagi dori-darmonlar ajratib berilgan. Ushbu masala yuzasidan qilingan axborotda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini sifatli va arzon dori vositalari bilan taʼminlash borasidagi boshqa muhim masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Yil soʻnggida boʻlib oʻtgan mazkur sessiyada tuman Kengashi deputatlarining faoliyatiga ham baho berildi. Yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini oshirish va islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarimizni vatanparvarlik va milliy istiqlol gʻoyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashda alohida yutuqlarga erishgan faol deputatlar ragʻbatlantirildi. Maxsus komissiya tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari orasidan 17-Boʻzyop saylov okrugidan deputat Gulasal Matyakubova “Adolatli deputat” nomiga, 22-Jumurtov saylov okrugidan deputat Baxram Shermanov “Xalqparvar deputat” nomiga hamda 10-Toshyop saylov okrugidan deputat Muqaddas Beknazarova “Mehnatkash deputat” nomiga munosib deb topildi. Ularga tuman hokimi tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, sessiyada mazkur chaqiriq davomida faol ish olib borgan deputatlarga ham tashakkurnomalar topshirildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi va shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Charos ARSLONOVA, tuman hokimligining axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026