“Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan 5-sonli maktabda sayyor kutubxona tashkil etildi
Davlatimiz tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning maʼnaviyatimiz uchun yot boʻlgan illatlardan ogoh qilish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularning kelajakda komil insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoshlarimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unda yoshlarimizga boʻlgan eʼtiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalardan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlarimiz oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga eʼtibor qaratish kabi masalalar oʻz aksini topganligi sababli samarali natijalarga erishilmoqda.
Ushbu maqsadlarning amalga oshishiga hissa qoʻshish maqsadida “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan rejaga muvofiq tumanimizdagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tadbir oʻtkazildi. Shuningdek, tashkilot tomonidan maktab oʻquvchilari mutolaa qilishlari uchun kitob va jurnallar keltirilib, sayyor kutubxona ham tashkil etildi.
Biz soʻz yuritayotgan 5-sonli umumtaʼlim maktabida kitobsevar, ijodkor yoshlar juda koʻp. Ularning kitob oʻqib, har tomonlama bilim olishi, maʼnaviy dunyosining boyishida maktabning oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Marhabo Matjanova yaqindan masalahatlar berib, ustozlik qilmoqda. Ayniqsa, maktabning 10-sinf oʻquvchisi Xayrulla Ilhamov, 8-sinf oʻquvchisi Sohiba Karimboyevalarning orzulari bir jahon. Ular maktabning eng faol kitobxonlari hisoblanishadi. Oʻquvchilar oldiga qoʻygan orzularini amalga oshiradigan yoʻlni kitobdan axtarib topishga ahd qilishgan.
Maktabda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, qiziqishlarini oshirish maqsadida oʻtkazilgan tadbir barchaga juda manzur boʻldi.
Oʻrozali Reyimov, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶