29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:03
Fan va taʼlim 👁 478

Tabiiy fanlar boʻyicha professor-olimlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Tabiiy fanlar boʻyicha professor-olimlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Barchamizga maʼlumki, davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvida aniq belgilab qoʻyilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddi rahbarlardan iborat ishchi guruh tumanimizga tashrif buyurgan edi. Tashrif chogʻida ishchi guruh aʼzolari yoshlarimizning barcha jabhalarda olib borayotgan faoliyatlari bilan tanishdilar. Shu bilan bir qatorda yoshlarning sohalar yuzasidan takliflari, murojaatlari tinglandi.

Ushbu taklif hamda murojaatlardan kelib chiqib, qolaversa, bilimga chanqoq, intiluvchan, ijodkor yoshlarimizning ilm-fanga qiziqishlarini inobatga olgan holda bir guruh professor-olimlar, ilm-fan fidoyilarining tumandagi taʼlim muassasalarida yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Uchrashuvlar davomida taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi hamda murabbiylar bilan oʻzaro tajriba almashish uchun umumtaʼlim maktablarida mahorat darslari oʻtkazilmoqda.

22-yanvar kuni 55-sonli umumtaʼlim maktabida shunday uchrashuvlardan biri oʻtkazildi. Uchrashuvda  Oʻzbekiston Milliy Universiteti  professorlari Joʻraqul Sattorov hamda Shavkat Ahmedovlar ishtirok etdi.

Tumanimiz aholisining 60 foizini yoshlar tashkil qiladi. Oʻquvchi-yoshlar 86 ta umumtaʼlim maktablarida taʼlim olishmoqda. Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, bugungi kunda tumanimiz yoshlari barcha jabhalarda faol ishtirok qilishmoqda. Oʻquvchi yoshlarning taʼlimga, ilm-fanga, bilim olishga boʻlgan qiziqishlari yuqori darajada. Bugungi kunda koʻplab amudaryolik yoshlar oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishmoqda hamda ilm-fan boʻyicha koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritishmoqda.

Qolaversa, oʻtgan yili Prezidentimiz tashabbusi bilan yetuk salohiyatli barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida Nukus shahrida tashkil qilingan zamonaviy taʼlim maskanlaridan biri boʻlgan Prezident maktabida tumanimiz oʻquvchi-yoshlaridan 13 nafari taʼlim olish baxtiga muyassar boʻldilar. Bu esa Pespublika miqyosida jami imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilarning 10 foizini tashkil qiladi. Ushbu koʻrsatkich ham tumanimiz yoshlarining bilim olishga boʻlgan qiziqishlarining yuqori darajada ekanligining yaqqol isbotidir.

Professor-olimlar bilan boʻlgan uchrashuvda tabiiy fanlar boʻyicha taʼlim beradigan 30 nafar oʻqituvchi hamda murabbiylarga mahorat darsi tashkil qilindi. Mahorat darsida taʼlim jarayonlarini tashkil qilishda anʼanaviylikdan voz kechish, oʻquvchilarga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim berish bugungi kunning talabi ekanligi taʼkidlandi. Qolaversa, har bir mavzuni hayotiy misollar bilan tushuntirish oʻquvchilarning sifatli bilim olishlarini kafolatlashi alohida eʼtirof etildi.

 Mahorat darsi davomida oʻqituvchilar professorlarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Qolaversa, oliy oʻquv yurtlariga kirish koʻrsatkichlarini yuqori darajaga yetkazish uchun oʻquvchilarga qay yoʻsinda bilim berish kerakligi, taʼlim jarayonidagi samaradorlikni oshirish kabilar yuzasidan yetarli maʼlumotlarga, tushunchalarga ega boʻldilar.

Professor-olimlar bu borada maktabning yuqori sinf oʻquvchilari bilan ham suhbat oʻtkazdilar. Ochiq muloqot tarzida olib borilgan suhbat chogʻida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʻliq javoblarni oldilar.  

Ch.Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026