29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:00
Fan va taʼlim 👁 439

FAN OYLIGI TADBIRLARI OʻQITUVChILAR MEHNATI SAMARASINI NAMOYISh ETDI

FAN OYLIGI TADBIRLARI OʻQITUVChILAR MEHNATI SAMARASINI NAMOYISh ETDI

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquv yili davomidagi har bir oy har xil fanlar oyligi deb belgilanib, shu munosabat bilan oʻqituvchi va oʻquvchilar hamkorligida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Fan oyliklari asosan oʻqituvchilarning ijodiy faolliklarini oshirish, isteʼdodli, ijodkor oʻqituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini oʻrganish, ommalashtirish, taʼlim sifatini oshirish va taʼlim jarayonida qoʻllanilayotgan uslublarni takomillashtirish maqsadida oʻtkazib kelinmoqda.

Dekabr oyi boshlangʻich taʼlim fanlari oyligi boʻlganligi munosabati bilan 26- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinflarida ham turli tadbirlar, ochiq darslar, muhim sanalarga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy kechalar tashkil etildi.

Maktabda 2 ta 1-sinflar mavjud. Avvalo boshlangʻich sinflar uslub birlashma yigʻilishi oʻtkazilib, oylik doirasida oʻqituvchilarga vazifalar taqsimlandi.
Shunga muvofiq boshlangʻich taʼlim fanlari oʻqituvchilari yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, noanʼanaviy uslubda ochiq darslar oʻtishdi.
Ochiq darslarda maktab oʻqituvchilari va ota-onalar vakillari ham ishtirok etib, taʼlim jarayoni bilan tanishdilar.

Boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari Azamat Shomurodov, Roza Gulmonova, Nasiba Shukurlayeva, Matluba Bekberganova, Nargiza Avazmuratova, Sanjar Xolimbetovlar hamkorlikda 8-dekabr – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga bagʻishlab “Qomusimiz - baxtimiz” 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlab  “Madhiyamiz jarayongla, har on” deb nomlangan kechalar oʻtkazildi. Tadbir davomida oʻquvchilar Konstitutsiyamiz va madhiyamiz haqida sheʼrlar ijro etdi, maʼlumotlar aytib, bilimdonliklarini namoyish qildilar.

Fan oyligi doirasidagi doirasidagi tadbirlar 1-sinflar oʻquvchilarining ona tilimiz alifbosidagi harflarni oʻzlashtirib olganliklari munosabati bilan oʻtkazilgan “Bilimlar poydevorisan, Alifbe” deb nomlangan savodxonlik bayramiga  ulanib ketdi. 2019-yilning 26-dekabrida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda 1-sinflar oʻquvchilari harflar timsolida sahnaga chiqib, ularga taʼrif berib, sheʼrlar aytdilar. Ona tilimizdagi harflarni yozish, oʻqishni oʻrgatgani uchun alifbe kitobiga, birinchi ustozlariga samimiy minnatdorchiligini bildirdilar, kelgusida oʻqish, ona tili va  boshqada fanlarni yaxshi oʻzlashtirishga harakat qilishlarini izhor etdilar.

Har qanday kasb egasi ham ilk bilim olishni alifbedan boshlaydi. Buyuk olimlarga ham ilm choʻqqilari sari intilishida boshlangʻich taʼlim fanlari ilk zinapoya vazifasini oʻtagan. Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, boshlangʻich taʼlim fanlarini oʻqitishning oʻziga xos masʼuliyati yuqori.

Fan oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlardagi oʻquvchilarning faolligi, tortinmay oʻz bilimlarini namoyish eta olishlari, hozirjavobliklari mazkur maktab boshlangʻich taʼlim fanlari oʻqituvchilari bu borada oʻz vazifalarini yaxshi uddalay olayotganliklarini koʻrsatdi.

O.Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026