29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:01
Fan va taʼlim 👁 461

TARIX VA HUQUQ FAN OYLIGIDA NAZARIY VA AMALIY BILIMLAR UYGʻUNLAShDI

TARIX VA HUQUQ FAN OYLIGIDA NAZARIY VA AMALIY BILIMLAR UYGʻUNLAShDI

Tariximizni oʻrganish – oʻzligimizni anglashdir. Zero, oʻz tarixiy ildizlarini teran bilmagan inson bugungi tinchlik, osoyishtalikning qadriga yetmaydi. Shu bois, mamlakatimiz taʼlim tizimida xalqimizning boy tarixini nafaqat oʻrganish, balki mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan moziy sahifalarini asliga qaytarish, koʻp millatli xalqimizning tarixi qanday boʻlsa, shundayligicha, bor mazmun-mohiyati bilan oʻsib kelayotgan yosh avlodni  tanishtirish, ular qalbida Vatanimiz tarixiga chuqur hurmat uygʻotish maqsadida innovatsion pedtexnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Bu kabi saʼy-harakatlar, ayniqsa, umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilayotgan fan oyliklarida oʻz ifodasini topmoqda.

Yanvar oyi umumtaʼlim fanlari orasida tarix va huquq fan oyligi sifatida oʻquvchi-yoshlar uchun taassurotlarga boy oʻtdi. Tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida mazkur tadbirlar oʻquvchilarning nazariy va amaliy bilimlari uygʻunligida uyushqoqlik bilan oʻtkazilgani tahsinga loyiq.

“Moziyga qaytib ish koʻrmoq - xayrlidir” shiori ostida 22-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tarix va huquq fan oyligi doirasida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-musiqiy tadbirda oʻquvchi-yoshlar orasida tarix va huquq fani bilimdonlari yanada koʻpligini, shu barobarida maktabda ushbu fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻziga xos uslubga esa oʻqituvchilar, taʼlim-tarbiya sohasi fidoyilari mehnat qilishayotganini namoyon etdi.

Tadbirni ochib bergan maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Ikrom Jangaboyev mamlakatimiz tarixining har bir sahifasi xalqimizning buyuk qahramonlik eposi ekanligini, ajdodlarimiz bosib oʻtgan qahramonona shonli yoʻl har birimiz uchun ibrat, shu bilan birga iftixor ekanligini taʼkidladi.

Maktabning 6-,7-,8-10-,11-sinflar oʻquvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirda tariximizning turli bosqichlari haqida hikoya qiluvchi sahna koʻrinishlari, teatrlashtirilgan raqslar, sheʼriy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Kichkintoy  bolajonlar – 1-sinf oʻquvchilari ijrosidagi shoʻx raqslar bilan  boshlangan tadbirning maʼnaviy-maʼrifiy qismida 6-sinf oʻquvchilari 5 ta muhim tashabbus haqidagi adabiy kompozitsiya orqali oʻz orzularini koʻrsatib berishdi. Ular 5 ta tashabbus haqida ham nazariy, ham amaliy tasavvurga ega ekanliklarini oʻz chiqishlari orqali ifodalab berdilar. Mazmunida 5 ta tashabbus jo boʻlgan maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi ashulalari orqali barcha tengdoshlarini olgʻa intilib yashashga, ilm oʻrganib, sport bilan shugʻullanishga, zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallashga, kasb-hunarli boʻlishga daʼvat etishdi.

7-sinf oʻquvchilari talqinidagi buyuk ajdodlarimiz obrazlarining sahnaviy namoyishi hamda Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” ashulasi asosida sahnalashtirilgan jangovar chiqishlari, Ikkinchi jahon urushi davridagi Shomahmudovlar oilasi hayotini aks ettiruvchi sahna koʻrinishi katta mahorat bilan koʻrsatib  berildi. Bunda oʻquvchilarning xalqimiz tarixiga cheksiz hurmat-eʼtibori aks etib, tadbir ishtirokchilarida faxr-iftixor tuygʻularini uygʻotdi.

Fan oyligi tadbirining adabiy-musiqiy qismida Husayn Boyqaro bilan Alisher Navoiy doʻstligiga muhim eʼtibor qaratilgani barchaga manzur boʻldi. Unda ikki buyuk siymo oʻz davrida nafaqat maʼnaviyatga, balki fiqh – huquqiy madaniyatga ham oʻta eʼtiborli boʻlganlari ularning suhbatlari orqali ifodalab berildi.
Tadbirda 6-7-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari, Erkin Vohidovning “Oʻzbegim” qasidasini ifodali oʻqish, “Mardlik afsonasi” haqidagi sheʼrlar, “Ajdodlar ruhi” qoʻshigʻi yangraganida barcha oʻquvchilar sheʼr va  qoʻshiqqa joʻr boʻlishib, qalblarda vatanparvarlik tuygʻulari yanada joʻsh urdi.

Yuksak mahorat, bilimdonlik aks etib turgan tarix va huquq fan oyligi doirasidagi mazkur tadbirni tashkil etishda fidoyilik qilgan tarix fani oʻqituvchisi Saltanat Toʻliboyevaning mehnati eʼtiborga molik. Shuningdek, tarix fani oʻqituvchilari Baxtiyor Oʻtaboyev, Aziz Bobojonov, huquq fani oʻqituvchisi Yunus Bekberganovlarning hamjihatlikdagi, oʻzaro tajriba almashuv asosida olib borayotgan faoliyatlari tufayli maktabda tarix va huquq fanlarini oʻqitishda oʻziga xos boy  tajribaning shakllangani bois, oʻquvchi-yoshlar ushbu fanlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishga erishmoqdalar. Yuqoridagi fan oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbir fikrimizning yaqqol isbotidir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026