FAN OYLIGI DOIRASIDA BILIMDONLIK MUSOBAQASI OʻTKAZILDI
Har yili umumtaʼlim maktablarida turli fanlar boʻyicha fan oyligi oʻtkazish anʼanaga aylangan. Yanvar oyi – tarix va huquq fanlari oyligi sifatida biri-biridan qiziqarli tadbirlarga, oʻquvchilarning bilimlarini sinovdan oʻtkazuvchi zakovat bahslariga boy tarzda oʻtdi.
15-sonli umumtaʼlim maktabida tarix va huquq fanlari oyligi doirasida boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham oʻzining tarbiyaviy, taʼlimiy ahamiyati bilan taassurotlarga boy boʻldi.
“Vatanimiz tarixini oʻrganamiz!” shiori ostida, maktabning 10-11-sinflar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bellashuvda oʻquvchilar oʻzlarining tarix va huquq fanlarini qay darajada oʻzlashtirishayotganlari, qiziqish va iqtidorlarini yaqqol namoyon qilishdi.
Maktabning tarix fani oʻqituvchisi Tursunoy Aqmanova mazkur tadbirda dastlab xalqimiz tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazish muhimligini, tarixsiz kelajak boʻlmasligini soʻzladi. Shuningdek, ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi toʻgʻrisida chuqur bilimga ega boʻlish kerakligi, ularning ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanishimiz lozimligini taʼkidladi.
Shundan soʻng, 10-sinflar oʻquvchilarining “Himoyachilar” va 11-sinflar oʻquvchilarining “Mustaqillik meʼmori” guruhlari oʻzaro kuch sinashdilar.
Biri-biridan qiziqarli 5 ta shart asosida oʻtkazilgan mazkur bilimdonlik bahslarida ishtirokchilar dastlabki shartga koʻra oʻz guruhlarining nomlanishini sheʼriy taʼriflab berdilar.
Ketma-ketlikda bajarilgan tezkor savollarga aniq va puxta javob berish, turli davlatlar va ularning hukmdorlari boʻlmish tarixiy shaxslarni taʼriflash, tarix va huquq faniga oid maqollar, ibratli iboralar aytish, sahna koʻrinishlarini namoyish etishda har ikkala guruh aʼzolari ham biri-birlaridan qolishmadilar. Har bir shart boʻyicha qoʻyilgan talablarning bajarilishi hakamlar tomonidan odilona baholab borildi. Unga koʻra, oʻquvchilarning doʻstlik, oʻzaro hurmat, bilim olishga intilish tuygʻulari gʻalaba qozondi.
Muhimi, boʻlib oʻtgan tadbirda gʻolib va magʻlub guruhni aniqlash emas, balki xalqimizning buyuk tarixiga boʻlgan beqiyos hurmat, yoshlarning huquqiy bilimlarni egallashga alohida eʼtibor bilan qarashlari eʼtiborga olindi.
Tadbir yakunida har ikkala guruh aʼzolari oʻzlarining shaxsiy intilishlari, bilimdonliklari uchun maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶