FAN OYLIGIDA OʻQUVChILARNING MATEMATIKAGA QIZIQIShLARI OShDI
Fan oyligi doirasida yaqinda 75-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 3-sinf oʻquvchilari uchun “Raqamlar saltanatiga sayohat” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirni maktab direktori S.Avezmetov kirish soʻz bilan ochib berdi.
Tadbirda oʻquvchilarga matematika fani boʻyicha maʼlumotlar berildi va iqtidorlarini sinovdan oʻtkazishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish lozimligi tushuntirildi. Matematika kechasida ilmiy merosiga qiziqish tobora ortayotgan Al-Xorazmiy bobomiz haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirib oʻtildi. Fan oyligi davomida oʻtkazilgan ochiq darslar oʻquvchilar uchun ham, ularning ota-onalari uchun ham qiziqarli boʻldi. Tadbirda oʻquvchilarning ijodiy tayyorgarlik koʻrishgani bilimini yanada chuqurlashtirishga yordam berdi. Kecha soʻngida oʻquvchilar sheʼr va qoʻshiq, raqslar ijro etdilar.
Tadbirda faol ishtirok etgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Fan oyligi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar oʻquvchilarning mazkur fanga qiziqishlarini oshirdi, ularni yanada qunt bilan oʻqib-oʻrganish uchun intilishga ruhlantirdi.
Gulbarchin OʻROZIMBETOVA,
75-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶