FIDOYI TARBIYaChI
Feruzaxon Oʻrozmetova oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil oldi. Kollejni tugatgach, 42-sonli MTTda ilk ish faoliyatini boshladi. Ish jarayonida oʻzining faolligi, uddaburonligi bilan jamoada hurmat qozondi. Muassasada oʻtkaziladigan har bir tadbirga bosh-qosh boʻldi. Oʻzi istiqomat qiladigan mahallada ham turli bayram sanalari munosabati bilan MTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida bayram tadbirlarini tashkil etib, mahalladoshlari eʼtiborini qozondi.
MTT tarbiyachilari oʻrtasida oʻtkaziladigan hududiy tanlovlarda doimo 1-2-oʻrinlarni egallab keladi. Xususan, “Yil tarbiyachisi” koʻrik-tanlovida qatorasiga ikki yil - 2018-2019-yillarda faxrli 2-oʻrin sohibasi boʻldi.
Feruzaxon oʻz ustida doimiy ishlashdan aslo toʻxtamaydi. Bu borada unga tarbiyachilik kasbini oʻrgatgan onasi Gulandom Oʻrozmetova, eng yaqin koʻmakdosh. U Feruzaga ustoz-shogird anʼanasi asosida tarbiyachi uchun zarur boʻlgan fazilatlar, hatto nazariy bilimlarni ham erinmay oʻrgatadi.
Ayni kunlarda Feruzaxon Oʻrozmetova bolajonlar uchun ona tabiat bagʻrida mashgʻulotlar oʻtkazib, ularning dunyoqarashi kengayishi, tabiatga, ona Vatanga muhabbat ruhida ulgʻayishlari uchun Vatan, ona va fasllar haqida suhbatlar oʻtkazmoqda.
M.XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶