ONALARGA, AYoL-QIZLARGA EHTIROM KOʻRSATILDI
Tumanimizdagi 60-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirga maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirda har bir sinf oʻquvchilari ushbu sanaga bagʻishlangan dasturlarini namoyish etdilar, 7-sinf oʻquvchilari rus tilida tayyorlagan dasturini “Mama – solnishko moyo” deb nomladilar. Dasturdan muhtaram va ulugʻ zot – onalarga bagʻishlangan sheʼr, qoʻshiq, raqs va sahna koʻrinishlari joy olganligi, ularni oʻquvchilar mahorat bilan ijro etganligi diqqatga sazovor boʻldi.
Shuningdek, 6-sinf oʻquvchilari tayyorlagan “Ayol borki, olam munavvar”, 7-sinf oʻquvchilari tayyorlagan “Jannat onalar oyogʻi ostidadir” deb nomlangan musiqiy kompozitsion dasturlar ham namoyish etildi. Ushbu dasturlarda, shuningdek, “Onam va men” nomli rasmlar koʻrik-tanlovida ham oʻquvchilarning oʻzlarini oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan mehribon va munis onalariga boʻlgan samimiy mehri, muhabbati aks etib turdi.
Maktabda oʻtkazilgan tadbir oʻqituvchilargagina emas, tadbir mehmoni sanalmish onalarga ham juda manzur boʻldi.
Tozagul SAFARNIYoZOVA, 60-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶