29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:42
Fan va taʼlim 👁 648

11-MAKTABDA ANIQ FANLAR BOʻYIChA FESTIVAL BOʻLIB OʻTDI

11-MAKTABDA ANIQ FANLAR BOʻYIChA FESTIVAL BOʻLIB OʻTDI

Fan oyliklari iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyatlarini maʼlum bir maqsadga yoʻnaltirish, isteʼdodli, izlanuvchan, ijodkor oʻqituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini oʻrganish va umumlashtirilgan holda targʻibot qilish maqsadida oʻtkaziladi.  Shuningdek, ulardagi ijodiy qobiliyatlarni oʻstirish, taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllanilayotgan metodlarni takomillashtirishda ham oylik doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi tumanimizdagi taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan namunali maktablardan sanaladi.

Ayni kunda ushbu maktabda 940 nafar oʻquvchilarga 85 nafar malakali pedagoglar taʼlim-tarbiya berishmoqda. Oʻquvchi-yoshlarning dars mashgʻulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida 14 ta fan toʻgaraklari va Yurtboshimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasida belgilab bergan beshta tashabbusi ijrosini taʼminlash yuzasidan ham toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Mazkur muassasada taʼlim olayotgan oʻquvchilarga motivatsiya berish, ularni ilm olishga, oʻqish-oʻrganishga yana ham ruhlantirish maqsadida turli muhim sanalar, qutlugʻ kunlarni munosib nishonlash yaxshi anʼanaga aylangan. Shuningdek, oʻquv yili davomidagi fan oyliklarida oʻqituvchilar faoliyati samarasini koʻrsatuvchi, oʻquvchilarning fanlarni qay darajada egallayotganini namoyon etuvchi koʻplab tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Yakunlangan oyda aniq fanlar oyligi doirasida ham koʻpgina tadbirlar tashkil etilib, erishilayotgan  natijalar maktab oʻqituvchilar jamoasi, oʻquvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama etilib, ijobiy fikrlar bildirildi.

Maktab aniq fanlar uslubbirlashmasining rejasiga asosan oylik doirasida Muyassar Zarekeyeva va Gulchehra Qurbonboyevalarning  ochiq darslari oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan oʻqituvchilar fan oʻqituvchilarining darsni qiziqarli va tushunarli tarzda tashkil eta olishiga, oʻquvchilar eʼtiborini torta olishiga ulkan baho berdilar.

Shuningdek, fan oyligi doirasida oʻtkazilgan yakuniy festival ham barcha oʻquvchilarda ulkan tassurotlar qoldirish bilan birga matematikaga oid bilimlari kengayishi va mustahkamlanishiga asos boʻldi.

Tadbirni maktab direktori Zulfiya Yusupova ochdi va hayotimizda aniq fanlarni oʻrganishning  ahamiyati haqida gapirib, oʻquvchilarni maktabda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalangan holda chuqur bilim olishga chaqirdi.

Festival oʻquvchilarning matematikaga oid sahna koʻrinishi bilan boshlandi. Shuningdek, sahnada saf tortib turgan bilimdon oʻquvchilar namoyish etilgan turli geometrik shakllarga taʼrif berdilar.

8-sinf oʻquvchilari ijro etgan “Amudaryom” qoʻshigʻi tadbir shukuhini yana ham oshirdi.

Bayramona tarzda oʻtkazilgan aniq fanlar festivalida Munira Bahromova, Ixlos Omonkeldiyev, Abdulaziz Qurbonboyevlar, ayniqsa, faol qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etdilar.

Tadbir barchada ulkan taassurotlar qoldirdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026