29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:42
Fan va taʼlim 👁 293

MAKTABDAGI TOʻGARAK AʼZOLARINING “QIZLARJON” KOʻRIK-TANLOVI OʻTKAZILDI

MAKTABDAGI TOʻGARAK AʼZOLARINING “QIZLARJON” KOʻRIK-TANLOVI OʻTKAZILDI

Muhtaram Yurtboshimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish yuzasidan belgilab bergan beshta muhim tashabbusiga muvofiq tumanimiz maktablarida faoliyat boshlagan sport, axborot-kommunikatsion texnologiyalari, sanʼat, kasbga yoʻnaltiruvchi toʻgaraklar oʻquvchi-yoshlarning iqtidorini aniqlash va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, mutolaaga eʼtibor ortib, kitobxon oʻgʻil-qizlar safi kengaymoqda.

Tumandagi 47-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida bu borada tashkil etilgan toʻgaraklar aʼzolari “Besh tashabbus – besh imkoniyat” shiori ostida oʻqib, bilimlarini oshirishmoqda. Undan tashqari, sport bilan shugʻullanib, jismoniy chiniqishga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur oʻrganishga va ilk kasb-hunar koʻnikmalarini olishlariga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishga intilmoqdalar.

Yaqinda maktabda ushbu toʻgaraklar aʼzolari ishtirokida “Qizlarjon” koʻrik-tanlovi tashkil qilindi.

Tadbirni maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Hamdam Hayitboyev ochdi va oʻquvchi yoshlarning bilimlarini oshirishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirdi, besh tashabbus ijrosi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlarga keng toʻxtaldi. Qizlarning iqtidorini sinovdan oʻtkazish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularga motivatsiya berish maqsadida tashkil etilgan tanlov ishtirokchilariga omadlar tiladi.

Koʻrik-tanlovni tadbir tashkilotchisi Muhabbat Madrahimova olib bordi. Unda dastlab boshlangʻich sinflardan eng faol va zukko 2 nafar qizlar rasm chizish, shashka oʻynash, kompyuterda onasiga tabrik yozish, tezkor savollarga javob berish va pazandalik borasida oʻzaro bahslashdilar. Bahslar davomida yurtimiz umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich sinflardanoq, oʻquvchilarni sportga oshno qilish va maʼlum bir turi bilan muntazam shugʻullanishlariga, boʻsh vaqtlarida yoshiga mos kitob oʻqib, mutolaa madaniyati yuksalishiga,  yashirin qobiliyatlarini namoyon etuvchi mashgʻulotlarga jalb etilib, iqtidorini yuksaltirishga ulkan ahamiyat berilayotganligi yaqqol namoyon boʻldi.

Buni mazkur tadbirda kuch sinashgan qizlarning kompyuterda onalariga bagʻishlab yozgan tabriklari, tezkor savollarga javoblar berishi, bolalarga xos tasavvurlari aks ettirilgan rasmlarida ham koʻrish mumkin. Juda qiziqarli va hayajonli tarzda oʻtgan shartlar natijasiga koʻra gʻoliblar aniqlandi.

Koʻrik-tanlovning ikkinchi bosqichida 5-10-sinflardan beshta jamoaga boʻlingan holda 10 nafar iqtidorli qizlar bellashuvga chiqdilar. Ular “Men isteʼdodman”, “Sport malikasi”, “Kompyuter savodxoni”, “Kitobning doʻstiman”, shuningdek, “Daromadli oshxona” kabi shartlarda oʻz iqtidor va bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Ularning tanlov shartlarini  bajarish jarayonini ustozlari, sinfdoshlaridan tashqari ota-onalari ham kuzatib bordilar. Tajribali oʻqituvchilardan tuzilgan hakamlar hayʼati ularning shartlarni qanday bajarganligini odilona baholab bordilar.

Koʻrik-tanlov belgilangan shartlar borasida barcha ishtirokchilarning ham oʻziga xos iqtidori, salohiyati borligini yaqqol koʻrsatdi. Gʻoliblikka erishgan va faol ishtirok etgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.

  Maktabda oʻtkazilgan “Qizlarjon” koʻrik-tanlovi barcha oʻquvchilarni oʻzligini namoyon etish, intellektual salohiyatini oshirib borish sari dadil intilishga undadi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026