29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:44
Fan va taʼlim 👁 362

BELLAShUV OʻQUVChILAP BILIMINI SINOVDAN OʻTKAZDI

BELLAShUV OʻQUVChILAP BILIMINI SINOVDAN OʻTKAZDI

Mamlakatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida  fan oyliklari doirasida turli tadbirlar, oʻquv seminarlari, namunaviy ochiq darslar, festivallar tashkil etiladi. Bu tadbirlar oʻqituvchilarning  taʼlimdagi  ilgʻor metodlardan foydalana olish imkoniyatlarini, qay darajada oʻz ustida ijodiy ishlashlarini va  dars mashgʻulotlariga oʻquvchilarni qiziqtira olishlarini sinovdan oʻtkazadi. Shuningdek oʻquvchilarning  mazkur fanlardan olgan nazariy  bilimlarini  amaliyot bilan bogʻlashlariga,  koʻnikma va malakasini shakllantirishga  xizmat qiladi.

    Shu yil 28-fevral kuni 65-sonli maktabda ham fan oyligi doirasida  “Al Xorazmiy izdoshlarimiz” deb nomlangan kecha tashkil etildi. Tadbirda yuqori sinflar oʻquvchilari  maktabning matematika va informatika fani oʻqituvchilari Zaynab Yusupova, Olimjon Ollamberganov, Feruza Nurekeyeva, Aziz Nasrullayev, Guliston Qodirova, Muhabbat Madiyorovalar  koʻmagida tayyorlagan  yurtimizning Al Xorazmiy kabi aniq fanlarga oid dunyo ilm fani rivojiga ulkan hissa qoʻshgan alloma bobolarimiz haqidagi  maʼruzalarini oʻqidilar. Maʼruzalarda Xorazmiy dunyo faniga gʻoyat katta hissa qoʻshganligi haqida soʻz yuritildi. Bobokalonimizning algebra fanining asoschisi boʻlganligini, “Algebra” soʻzining oʻzi esa uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olinganligi, boshqa asarlaridan farqli oʻlaroq algebraik risolasining uchta qoʻlyozmasi saqlanganligini maʼlumot sifatida keltirib oʻtishdi. Maʼlumotlarga boy maʼruza oʻquvchi-yoshlarga juda manzur boʻldi.

Shundan keyin  oʻquvchilarning  matematika va informatika fanlariga oid bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Ilk topshiriq krossvord  yechish edi. Bunda yashiringan soʻzlar aynan matematika va informatika fanlariga oid boʻlganligi sababli  oʻquvchilar tezkorlik bilan topishga, dars mashgʻulotlarida olgan bilimlarini  namoyish etishga harakat qildilar. Shuningdek, matematik savol-javoblar bellashuvi, qiziqarli matematik jumboqlarni yechish shartlari ijrosi  ham  juda hayajonli boʻldi.

Oʻquvchilar har bir shartni aniq va toʻgʻri bajarishga, gʻoliblikni qoʻldan bermaslikka harakat qildilar. Maktab oʻqituvchilar jamoasi va oʻquvchilar ularni qoʻllab-quvvatlab, gʻoliblik sari ruhlantirib turdilar. Shuningdek, tajribali aniq fanlar oʻqituvchilaridan tuzilgan hakamlar hayʼati aʼzolari  berilgan savollarga aniq va batafsil javob berishlari va   topshiriqlarni tezkor va puxta bajarishlariga qarab  oʻquvchilar ishtirokini xolisona baholab bordilar. Oʻquvchilar oʻzlarining aniq fanlardan olgan bilimlarini namoyish etishlariga sharoit yaratgan ushbu tanlovning har bir bosqichida  muvaffaqiyatli ishtirok etishga intildilar. Biroq sinovda, albatta, eng kuchlilar  yutadi va bu boshqa oʻquvchilarni ham gʻoliblik sari undaydi.

 Tadbirda bilimdonlikda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi. Fan oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar oʻquvchilarning mazkur fanlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirdi va yana ham chuqur bilim olishga undadi.

Mamlakatimizda   ulgʻayib kelayotgan yosh avlodga  yurtimiz taraqqiyotini, taqdirini hal qiluvchi kuch sifatida qaralmoqda. Chunki ertagi kunimizning egalari – yoshlardir.  Shu boisdan ham oʻquvchi-yoshlarga puxta taʼlim berib, bilim asoslarini  chuqur egallashiga xizmat qiluvchi buningdek tadbirlarni koʻproq oʻtkazish  muvaffaqiyatlarga asos boʻladi.

     
O.PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026