29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:26
Fan va taʼlim 👁 443

Tabiiy fanlar oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar oʻquvchilarni ilm-zakovat sirlarini egallash sari ruhlantirdi

Tabiiy fanlar oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar oʻquvchilarni ilm-zakovat sirlarini egallash sari ruhlantirdi

Atrofga nazar solsak, biz har kuni tabiat bilan oshnomiz. Uning musaffo havosi, koʻzlarni yashnatuvchi yam-yashil olami, hatto qorli qishi-yu jazirama yozidan ham olam-olam zavq olamiz.

Umumtaʼlim maktablarida tabiiy fanlar oyligi davomida nihoyatda qiziqarli tadbirlar, guruhlararo, sinflararo bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Fan oyligini oʻtkazish aniq va puxta reja asosida tashkillashtirildi. Biologiya, zoologiya va tabiatshunoslik fanlari uslub birlashmasi tomonidan har bir sinfda belgilangan mavzular yuzasidan bilimdonlik bahslari, ochiq darslar tashkil etildi. Laboratoriya, toʻgarak mashgʻulotlari va ochiq darslarda oʻtilgan mavzular, nazariy bilimlar yanada mukammallashtirildi va mustahkamlandi.

Biologiya fani oʻqituvchisi Nigora Oʻrozboyeva uchun bu goʻzal olamni oʻquvchilarga yanada yaqinroq tanishtirish, ular qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat uygʻotish yanada gashtli. U 22-yildirki, 12-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarga biologiya fanidan saboq berib keladi.

Tabiiy fanlar oyligi doirasida mazkur fan oʻqituvchisi tomonidan oʻtkazilgan “Tabiat – onamiz” mavzusidagi toʻgarak mashgʻulotlari “Yosh tabiatshunoslar” toʻgaragi aʼzolarining eng sevimli mashgʻulotlaridan biri boʻldi. Mashgʻulotlarda oʻquvchilar guruhlarga boʻlingan holda amaliy tajriba oʻtkazishdi. Har bir guruh alohida topshiriqni bajardi. Yaʼni, birinchi guruh oʻquvchilari piyoz poʻsti hujayralarini mikroskop orqali kuzatishdi. Kundalik isteʼmolimizdagi ushbu sabzavotning oʻziga xos xususiyatlarini oʻzlashtirish imkonini beruvchi bu amaliy mashgʻulot har bir oʻquvchi uchun juda qiziqarli boʻldi. Ikkinchi guruh aʼzolari esa urugʻlarning turlari bilan yaqindan tanishib, ularning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishga harakat qildilar. Oʻqituvchi rahbarligida bu boradagi nazariy bilimlarini amaliy tajribalar orqali mustahkamlab oldilar. Uchinchi guruh oʻquvchilari esa gerbariylardan foydalanib, oʻsimlik turlari bilan tanishdilar.

“Yosh tabiatshunoslar” toʻgaragi aʼzolari ishtirokida “Tabiat – onamiz” shiori asosida oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlar oʻquvchilar uchun juda qiziqarli boʻldi.

Fan oyligi doirasida maktabning 7-sinfida zoologiya fanidan “Qushlarning ichki tuzilishi va sezgi organlari mavzusida koʻrgazmali ochiq dars oʻtkazildi. Dars oʻtkaziladigan sinfxona ornitologiyaga oid koʻrgazmali vositalar, modellar bilan bezatildi. Oʻqituvchi, avvalo oʻquvchilarga ornitologiya – qushlar haqidagi boʻlim ekanligi xususida tushuncha berdi. Soʻngra yurtimiz iqlimiga monand, Oʻzbekiston tabiatini oshyon qilgan turfa qushlar haqida gapirdi. Shu barobarida “qushlarning ichki va sezgi organlari” mavzusi boʻyicha qiziqarli misollar, koʻrgazmali vositalar orqali keng va mazmunli mashgʻulot olib bordi. Oʻquvchilar ushbu koʻrgazmali dars-mashgʻuloti orqali mamlakatimiz faunasi va florasi, ayniqsa, qushlar, ularning ichki organlari tuzilishi hamda his qilish, sezgi organlari yuzasidan zarur maʼluotlarga ega boʻldilar.

Fan oyligi doirasida 8-sinfda oʻtkazilgan “Tabiat va inson” tadbirida  oʻquvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlashlari uchun imkoniyat yaratildi. Tabiiy fanlarga qiziqishlari eʼtiborga olinib, ularni kasbga yoʻnaltirish yuzasidan suhbatlar oʻtkazildi. Unda “Mendeleyev”, “Charlz Darvin”, “Ibn Sino” guruhlari oʻzaro bellashdilar. Kimyo, biologiya fanlariga va shifokorlik kasblariga qiziquvchi oʻquvchilar ishtirokida oʻtkazilgan bilimdonlik bahslarida har bir oʻquvchi oʻquv yilining 3 ta choragi davomida kimyo, biologiya fanlaridan olgan bilimlarini yanada mustahkamladilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar kimyo fanidan qiziqarli formulalar, masalalar yechdilar. Biologiya va zoologiya fanlari boʻyicha tabiatda, hayvonot dunyosida kechadigan jarayonlar, hayvonlar va inson tanasining tuzilishi bilan bogʻliq qiziqarli savollarga aniq va puxta javob berishib, bu boradagi  bilimlarini yanada boyitdilar.

Fan oyligi doirasida oʻtkazilayotgan bu kabi dars-mashgʻulotlar, zakovat darslari maktab oʻquvchilarining tabiiy fanlarga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirib, yuksak fan choʻqqilarini egallash sari ruhlantirmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026