30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:18
Jamiyat 👁 328

5-mart kuni “Yosh qutqaruvchilar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

5-mart kuni “Yosh qutqaruvchilar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

Mamlakatimizda yoshlarning barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlari uchun ularni sportga keng jalb qilish, sport bilan shugʻullanishlariga shart-sharoit yaratish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish kabilarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Pespublikamiz boʻylab har yili maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasi ham yoshlar qalbida insonparvarlik, vatanparvarlik, oʻzgalar taqdiriga daxldorlik tuygʻulari, masʼuliyat hissi mustahkamlanishida muhim oʻrin tutmoqda.

Tumanimizda ham ushbu musobaqaning hududiy hamda tuman bosqichlari oʻtkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 5-mart sanasida tumanimizdagi XTBga qarashli 82-sonli umumtaʼlim maktabida “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 25-fevraldagi buyrugʻiga asosan tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan mazkur musobaqada 28-,6-,84-,11-sonli maktablar jamoalari oʻzaro bellashdilar.
Koʻrik-tanlov 5 ta shart boʻyicha oʻtkazildi. Jamoalar savol-javob, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, qutqaruv arqonidan oʻtish amaliy sporti, vaqtinchalik palatka qurish, yongʻin oʻchirish estafetasi kabi shartlar boʻyicha bilim va kuch sinashdilar.
Har bir shart boʻyicha jamoalarni baholab borish uchun Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi Ulugʻbek Masharipov, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Mahmud Shermetov, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Hamro Matyoqubovlar hakamlik qildilar.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, ushbu musobaqani oʻtkazishdan asosan – umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarini yongʻin oʻchiruvchi kasbiga qiziqtirish, favqulodda sodir boʻladigan hodisalarda birinchi yordam koʻrsatish, oʻzini va oʻzgalarni qutqarish choralarini oʻrgatish, bu boʻyicha koʻnikmalar hosil qilish kabi maqsadlar koʻzlanadi. Ushbu yoʻnalishda targʻibot-tashviqot ishlarini bajarish, oʻquvchilarning yongʻin xavfsizligi boʻyicha amaliy koʻnikmalari hamda jismoniy tayyorgarligini oshirish, yongʻin xavfsizligi xizmatiga munosib, jismonan sogʻlom va jasur oʻsmirlarni tayyorlash, favqulodda hodisalar chogʻida toʻgʻri harakat qila bilish koʻnikmalari va mahoratini mustahkamlash, yoshlar oʻrtasida yongʻin oʻchirish amaliy sportini yanada rivojlantirishdan iborat.

Musobaqa yuqori saviyada, bahs-munozaraga boy tarzda oʻtdi. Jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritish uchun astoydil harakat qildilar. Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra faxrli 1-oʻrinni 84-sonli maktab jamoasi, 2-oʻrinni 28-sonli maktab jamoasi, 3-oʻrinni esa 6-sonli maktab jamoasi qoʻlga kiritdi.

Koʻrik-tanlov yakunida tadbir tashkilotchilari nutq soʻzlab, tumanimiz oʻquvchi-yoshlari xususida iliq fikrlar bildirdilar. Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda yoshlar siyosatida amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi, jamiyat hayotidagi roli va faolligi, sogʻlom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilashga qaratilayotgan eʼtibor xususida toʻxtaldilar. Shu barobarida yoshlarni shijoat va gʻayrat bilan bilim marralarini egallab, porloq kelajak sari olgʻa intilishga chorladilar.

Tadbirda barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026