Tumanimiz oʻquvchilari onlayn olimpiyadalarda sertifikatlarni qoʻlga kiritishmoqda
Mamlakatimizda karantin davrida farzandlarimizning boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanish, vaqtlarini samarali oʻtkazish, oʻquvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy faolligini qoʻllab-quvvatlash, fanlarga oid qoʻshimcha materiallar bilan taʼminlab borish, egallagan bilimlarini baholash, natijalarni onlayn monitoring qilish uchun imkoniyat yaratish maqsadida onlayn olimpiadalar tashkil qilish yoʻlga qoʻyildi.
Paqamli bilimlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlar oʻquvchilari uchun “Onlayn olimpiadalar tashkil etish va iqtidorli oʻquvchilar zaxirasini shakllantirish” axborot tizimi – olympiad.uzedu.uz ishga tushirildi.
Tumanimizdagi bilimga chanqoq, izlanuvchan, ilm-fan sirlarini egallashga astoydil bel bogʻlagan oʻquvchilar ham ushbu axborot tizimi orqali, qolaversa, https://t.me/elpcolympiad ijtimoiy tarmogʻidagi onlayn olimpiyadalarda ishtirok etib, oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishmoqda. Hali yosh boʻlishiga qaramay, yuksak bilim hamda salohiyatni egallagan, oʻquvchilarga bilim berishda bor kuch hamda mahoratini ayamasdan mehnat qilayotgan, talabchan ustoz Sherzod Ashirovdan olgan bilimlari natijasida oʻquvchilar matematika fanidan oʻtkazidayotgan onlayn olimpiyadalarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritdilar.
Yosh oʻqituvchi Sherzod Ashirov toʻrt yillik oʻqituvchilik faoliyati mobaynida bir qancha shogirdlar tayyorladi. Uning koʻpgina shogirlari yurtimizdagi nufuzli Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishmoqda. Oʻzi faoliyat olib borayotgan 40-sonli umumtaʼlim maktabining yuqori sinf oʻquvchilari, qolaversa, izlanuvchan yosh oʻqituvchi tomonidan tashkil qilingan “Leader” oʻquv markazi abituriyentlari ustoz Sherzod Ashirovdan matematika fanining sir-sinoatlarini chuqur egallab kelishmoqda. Maktabning 9-sinf oʻquvchilari Goʻzaloy Sobirova, Hakimbek Sobirov, Feruza Ashirboyeva, Komuna Pajapova, Lobar Yoʻldashevalar, 10-sinf oʻquvchilari Jahongir Zarifboyev, Dilshodbek Bahramov, shuningdek, 11-sinf oʻquvchilari Abror Soatboyev, Asror Pahimov, Umidjon Bozorboyev, Ogʻabek Sobirov, Diyorbek Tuliboyev, Temur Umarov hamda Mohira Shukrullayevalar onlayn olimpiyadalarda ishtirok etdilar. Talabchan ustozning tinib-tinchimas oʻquvchilari ushbu sinovlarda yuqori koʻrsatgichlarni egallab, ustozining mehnatlarini yuzaga chiqardilar. Olimpiyadalarda oʻquvchilarga sertifikatlar berilib ragʻbatlantirildi.



Charos Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶