ShIRAKAYF HOLDA MAShINA BOShQARIB, JAZOGA TORTILDI
Mastlik – ixtiyoriy telbalik, deb bekor aytishmagan. Agar shunday boʻlmaganida tumanimizdagi ovullardan birida yashovchi, 35 yoshli, es-hushli, tuppa-tuzuk bir oila boshligʻi boʻlgan Durdiboy (ism oʻzgartirilgan) otasiga tegishli boʻlgan “Neksiya” rusumli avtomashinani mast holda boshqarmagan, oʻzining va yoʻlda uchrashi mumkin boʻlgan yoʻlovchilarning hayotini xavf ostiga qoʻymagan, otasiga tegishli boʻlgan yengil mashinaga shikast yetkazib qoʻyishdan qoʻrqqan boʻlardi.
Mastlik uni shu yoʻlga boshladi. Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kuchaytirilgan karantin tartiblari joriy etilgan kunlarning birida u toʻyib ichib, sher boʻlib, mashina ruliga oʻtirdi. Amaldagi yoʻl harakati qoidalariga zid ravishda transport vositasini boshqarib, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 131-moddasi, 2-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etdi.
Durdiboyning bu harakati yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan toʻxtatildi va yuz berishi mumkin boʻlgan yana bir koʻngilsiz yoʻl-transport hodisasining oldi olindi.
Yaqinda uning bu qilmishi tuman Maʼmuriy sudi binosida, ochiq sud majlisida muhokama etildi va huquqbuzarga tegishli jazo tayinlandi.
M.KARIMBOYeVA, tuman Maʼmuriy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶