29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:09
Fan va taʼlim 👁 424

YaNGI OʻQUV YILIGA TAYYoRGARLIK KOʻRILAYaPTI

YaNGI OʻQUV YILIGA TAYYoRGARLIK KOʻRILAYaPTI

Mamlakatimizda pandemiya sababli mazkur oʻquv yili yarmida xalq taʼlimi tizimidagi barcha faoliyat vaziyatga koʻra masofaviy tarzda tashkillashtirildi. Maktablarda taʼlim masofaviy olib borilib, yakunlandi va bitiruvchilarning hujjatlari elektron koʻrinishda tayyorlanib topshirildi.

Tuman Xalq taʼlimi boʻlimida 74 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Shundan 30 nafar xodim umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayoniga masʼul boʻlsa, 24 nafar xodim markazlashgan buxgalteriya, 20 nafar xodim maxsus taʼmirlash va ekspluatatsiya xizmati xodimlari hisoblanadi.

Tuman Xalq taʼlimi  boʻlimi fan metodistlari tomonidan tumandagi reytingi past boʻlgan umumtaʼlim maktablari faoliyati oʻrganilib, ularga metodik yordam va koʻrsatmalar berilib kelinmoqda. Xususan, 2019-yil davomida 4-sonli, 8-sonli, 25-sonli, 21-sonli, 28-sonli umumtaʼlim maktablarida oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻrganish jarayonida oʻqituvchilarga metodik va amaliy yordamlar berildi. Shuningdek, har bir fan metodisti tomonidan oʻqituvchilarga masofadan metodik yordam berish maqsadida tegishli tarzda telegram kanallar tashkil qilinib, dars ishlanmalari, metodik koʻrsatma va tavsiyalar yetkazib berilmoqda.

Maktab psixologlari tomonidan oʻquvchilarning qiziqishlari boʻyicha 9-, 10-, 11-sinflar oʻquvchilaridan kasbga yoʻnaltirish metodikalari yaʼni qiziqishlar xaritasi, differentsial diagnostik soʻrovnoma, kasb tanlash motivini aniqlash, oʻquvchilarning kasbga yoʻnalganlik metodikalari yil davomida oʻtkazib kelmoqda. Bundan tashqari, qiziqishlari boʻyicha kasblar olamiga sayohat ochiq eshiklar kuni kabi tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazilib kelmoqda.

Amudaryo tumani XTB tizimida oʻquvchilar bilimini baholash xalqaro PISA sinovlariga tayyorgarlik boʻyicha taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 8-maydagi 17/23 qq-sonli qarori qabul qilinib, unga muvofiq tumanda 2 ta (30- va 40-sonli) umumtaʼlim maktablari tayanch maktablar etib belgilandi. Buning uchun ushbu tayanch maktablardagi informatika va axborot-texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika oʻquv va laboratoriya xonalarining jihozlanishi, shuningdek, kompyuter texnikalari va multimediya vositalarining mavjud holati hamda zaruriy ehtiyojlar oʻrganilib, taʼminlash choralari  koʻrilmoqda.

Boʻlim tomonidan boshlangʻich taʼlim, ona tili va adabiyoti, matematika, fizika, geografiya, biologiya va kimyo fani metodistlari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha maʼsul qilib biriktirilgan. Har bir maktabda 2 nafar boshlangʻich taʼlim, 1 nafardan ona tili va adabiyoti, matematika, fizika, geografiya, biologiya va kimyo fani oʻqituvchilari trener-oʻqituvchi sifatida belgilangan.

Tayanch maktablarda trener-oʻqituvchilar uchun masofadan seminar treninglarni tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnoma va metodik tavsiyalar berilgan.

Tayanch maktab trener-oʻqituvchilari tomonidan “PIRLS – Oʻqish savodxonligi” boʻyicha 4-sinf oʻquvchilari, “PISA – Oʻqish, matematik va tabiiy fanlar savodxonligi” boʻyicha 6-10-sinf oʻquvchilari orasida masofadan test topshiriqlari aprobatsiyadan oʻtkazilib kelinmoqda.

40-sonli, 56-sonli va 64-sonli umumtaʼlim maktablarida  Oʻzbekiston Pespublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 28-dekabrdagi 405-sonli buyrugʻiga asosan 2019-2020 oʻquv yilining  3-choragidan boshlab umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida oʻqitilmoqda.  

40-sonli umumtaʼlim maktabida 10-sinfda 32 nafar oʻquvchi moliya-iqtisod yoʻnalishida 11-sinfda 30 nafar oʻquvchi moliya-iqtisod yoʻnalishida,  56-sonli umumtaʼlim maktabida 10-sinfda 35 nafar oʻquvchi texnologiya yoʻnalishida, 11-sinfda 33 nafar oʻquvchi texnologiya yoʻnalishida,  64-sonli umumtaʼlim maktabida 10-sinfda 25 nafar oʻquvchi ijtimoiy gumanitar yoʻnalishida, 11-sinfda 26 nafar oʻquvchi gumanitar yoʻnalishida taʼlim olmoqda.

Aynan shu maktablarda umumtaʼlim maktablari kompyuter sinflari yuqori tezlikli internet tarmogʻiga ulanib, oʻquvchilar aprobatsion test topshirish imkoniga ega boʻlishdi.

Shuningdek, 2020-yil 1-mart kuni tumanimizdagi barcha abituriyentlarning test sinovlariga tayyorgarliklarini yanada oshirish maqsadida 40-sonli umumtaʼlim maktabida tuman XTB tomonidan DTM testlarini olish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirga DTM Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boʻlimi xodimlari, xususan, boʻlim boshligʻi Muzaffar Abdullayev ham tashrif buyurdi. Test sinovlari jarayoniga 474 nafar abituriyentlar ishtirok etib, oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining joriy yil mart-may oylarida masofadan tashkil qilingan turli tanlovlarda faol ishtiroki taʼminlanmoqda. Ushbu tanlovlarda 40-sonli, 31-sonli, 1-sonli va 38-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilar faol ishtirok qilib kelishmoqda.
Taʼlim-tarbiya uslublarini va vositalarini tanlash imkonini beruvchi zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega, zamonaviy fikrlovchi, tashabbuskor direktor rahbarlik qilayotgan, ijodiy izlanuvchan, zamonaviy metodlardan foydalanayotgan jamoasi mavjud boʻlgan taʼlim muassasalari orasidan tayanch maktablar belgilandi. Tayanch maktablar 4 ta fan yoʻnalishlari boʻyicha alohida tashkil etildi: “Aniq fanlar”, “Tabiiy fanlar”, “Gumanitar fanlar” va “Filologiya fanlar”. Tayanch maktablar tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi 2500 nafardan ortiq pedagoglarining kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish boʻyicha asosiy metodik baza hisoblanadi va ularda 2020-yil mart oyigacha oʻquv mashgʻulotlar tashkil etilib, ilgʻor ish tajribalarni ommalashtirish, fanlardan yangi yaratilgan darsliklar, oʻquv metodik adabiyotlar va taʼlim dasturlarini tajriba-sinovdan oʻtkazish ishlari amalga oshirildi.

Ayni kunda boʻlimda kelgusi 2020-2021 oʻquv yiliga qizgʻin tayyorgarliklar olib borilmoqda.


Oygul Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026