Pamatulla Matqurbanov Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimiga tayinlandi
Oʻzbekiston Pespublikasi Xalq taʼlimi Vazirining 2020-yil 13-iyul kungi buyrugʻi bilan Matqurbanov Pamatulla Yerdashovich Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimiga tayinlandi.
P.Matqurbanov 2004-yilda Nukus davlat pedagogika institutini tugatgan. Mehnat faoliyatini Amudaryo tumanidagi 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlashdan boshlagan.
2005-2009-yillarda mazkur maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, 2009-2011-yillarda shu maktab direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2011-2015-yillarda Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimi oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruhi rahbari, 2015-2016-yillarda esa tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
2016-2017-yillarda Amudaryo tumani xalq taʼlim boʻlimining oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruhi rahbari vazifasida ishlagan P.Matqurbanov 2017-yildan hozirgi vaqtga qadar Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
P.Matqurbanovning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶