Oq oltin ovuli, Qipchoq shaharchasi, Daryoboʻyi va Beshtom mahallalarida yashovchilar diqqatiga!
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining qarori bilan tuman Kengashida boʻshab qolgan 24-Oq oltin va 28-Daryoboʻyi saylov okruglarida 2020-yil 20-sentyabr yakshanba kuni deputatlar saylovi oʻtkazilishi belgilangan.
Saylovlarni ochiq-oshkora, milliy saylov qonunchiligimiz talablariga muvofiq hamda umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq normalari va standartlari talablariga hamohang tarzda tashkil etish, eng asosiysi, saylovlar jarayonida har bir saylovchiga oʻz xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun shart-sharoit va imkoniyat yaratib berish maqsadida qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, pandemiya sharoitida aholining xavfsizligini taʼminlash maqsadida saylovchilarga chaqiruv qogʻozlari tarqatilmaydi. Shunday ekan, Oq oltin ovulining “Koʻnabosu”, “Tozabosu”, “Paxtaobod”, “Dehqonobod” va “Jiydali Qulon” aholi punktlarida, “Qipchoq” shaharchasida, Beshtom mahallasi, Daryoboʻyi mahallasi “Taraqqiyot” aholi punktining janubiy qismidagi xonadonlarda istiqomat qiluvchi saylov huquqiga ega boʻlgan barcha yurtdoshlarimizni 20-sentyabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovlarda faol ishtirok etib, oʻz konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishga hamda oʻzlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishga chaqiramiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶