29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:20
Fan va taʼlim 👁 2,591

Mutaxassislik sening kelajaging

Mutaxassislik sening kelajaging

2014-yil 10-may kuni Nukus Davlat pedagogika universiteti qoshidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyida "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpogʻiston respublikasi kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashining oʻrta maxsus kasb hunar taʼlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligining 2014-yil 5-maydagi qoʻshma qaroriga asosan maktab bitiruvchilarining kasb tanlashishiga koʻmaklashish, ularni akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirish, taʼlim muassasalari orasida oʻzaro zamonaviy oʻqitish sistemalari bilan tajriba almashishlari va kasb hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash maqsadida "Mutaxassislik sening kelajaging” mavzusidagi koʻrgazma tashkil qilindi.

Ushbu koʻrgazmada tumandagi mavjud 9 ta oʻrta maxsus taʼlim muassasalari  oʻz mutaxassisliklari va yoʻnalishlari bilan toʻliq ishtirok qilishdi.

Koʻrgazmaning ochilish marosimi 2014-yil 10-may kuni soat 1000 da boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmaning ochilish marosimiga "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, Amudaryo tuman prokuraturasi xodimlari, Amudaryo tumani "Bandlikka koʻmaklashish markazi” xodimlari, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati  Amudaryo tuman kengashi xodimlari, Amudaryo tuman XTMFMTTE boʻlimi xodimlari va XTMFMTTE boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari 8-9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Koʻrgazmada 74 ta umumtaʼlim maktablarining   8-9-sinflarida tahsil olayotgan 3500 nafardan ortiq oʻquvchilar tumanimizda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litsey faoliyati bilan tanishdilar.

Koʻrgazmada kasb hunar kolllejlari va akademik litsey oʻz taʼlim muassasasi turmushi, unda tayyorlanadigan mutaxassisliklar, yoʻnalishlar tasvirlangan bannerlar, oʻquvchilarning zamonaviy bilim va kasb egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar, toʻgaraklar, markazlar, 9-sinf bitiruvchilariga moʻljallangan bukletlar, taʼlim muassasasining turli sohalardagi erishgan yutuqlari haqidagi koʻrgazmalari, videoroliklari bilan qatnashishdi. Ayniqsa yengil sanoat, naqqoshlik, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash, dizayn, non va makaron mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha maxsus uskuna va dastgohlar maktab oʻquvchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

Bundan tashqari koʻrgazma davomida tumanimizda joylashgan 8 ta kasb hunar kolleji va 1 ta akademik litsey oʻqituvchilari ishtirokida "Zamonaviy taʼlim texnologiyalari” mavzusida seminar treninglar tashkil qilindi. Seminar treningda oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh va qiziquvchan oʻqituvchilar axborot kommunikatsiya texnologiyalarini dars jarayonida qoʻllash boʻyicha oʻz bilim va tajribalarini orttirishdi.

Koʻrgazmada faol ishtirok etgan, oʻz pavilonlarini talab darajasida va chiroyli bezagan, taqdimotini yuqori saviyada tashkil etgan kasb-hunar kollejlari jamoalari "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashining esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Rahmatulla Matqurbonov

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026