XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShI DEPUTATLARINI ROʻYXATGA OLISh TOʻGʻRISIDA
XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShIGA SAYLOV OʻTKAZUVChI TUMAN SAYLOV KOMISSIYaSINING QARORI
2020-yil 20-sentyabrda boʻshagan oʻrinlarga xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylovlar boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga toʻla muvofiq ravishda boʻlib oʻtgan saylovlarda 6251 nafar saylovchi yoki roʻyxatga kiritilgan saylovchilarning 72,5 foizi qatnashdi.
2020-yil 20-sentyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakuni haqidagi okrug saylov komissiyalarining bayonnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20 va 97 - moddalariga muvofiq xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman saylov komissiyasi QAROR QILADI:
1. Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov okruglaridan saylangan 2 nafar quyidagi deputatlar roʻyxatga olinsin:
|
Familiyasi, ismi, otasining ismi |
Tugʻilgan yili |
Partiyaga mansubligi |
Egallab turgan lavozimi |
Doimiy yashash joyi |
Nomzod koʻrsatgan organning nomi |
|
24-Oq oltin saylov okrugidan saylangan deputat |
|||||
|
Yoʻldoshov Otabek Yoʻldosh oʻgʻli |
1978-yil |
Oʻz.XDP aʼzosi |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tumani boʻlinmasi rahbari
|
Amudaryo tumani Doʻstlik koʻchasi 7 uy |
OʻzXDP Amudaryo tuman tashkiloti |
|
28-Daryoboʻyi saylov okrugidan saylangan deputat |
|||||
|
Rajapov Akbarjan Saparbayevich |
1985-yil |
Oʻzbekiston "Adolat" SDP aʼzosi |
“Qoraqalpoq suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Amudaryo tumani filiali boshligʻi |
Amudaryo tumani Olmazor koʻchasi raqamsiz uy |
"Adolat" SDP Amudaryo tuman Kengashi |
2. Ushbu qaror “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi va “Amunews.uz” veb-saytida eʼlon qilinsin.
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi
tuman saylov komissiyasi raisi M.Matyusupov
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi
tuman saylov komissiyasi kotibi B.Jumaniyazov
24-son, 2020-yil “21-sentyabr

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶