30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:22
Siyosat 👁 395

Majburiy mehnatga qarshi targʻibot ishlari kuchaytirilmoqda

Majburiy mehnatga qarshi targʻibot ishlari kuchaytirilmoqda

Paxta yigʻim-terimi davomida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik hamda terimchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratilishda mutasaddi tashkilotlar ustidan  qatʼiy nazoratni taʼminlash boʻyicha tashkil qilingan ishchi guruh tuman hududida boʻldi.

22-sentyabr kuni tumanimizga tashrif buyurgan ushbu ishchi guruh aʼzolari dastlab tuman hokimligida hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdilar.

Ishchi guruh tarkibiga hududlarni oʻrganish koʻlamini kengaytirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Bandlik boshqarmalari, Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari, hududdagi jamoat tashkilotlari vakillari va jurnalistlar jalb etilgan edi. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi Abdulla Ruzmetov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi Zafar Abdirimov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish Respublika kurslari direktori Umar Sultonov, Aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashkiliy ishlar boʻyicha bosh mutaxassisi Abduvohid Yuldashev, Nukus davlat pedagogika instituti matbuot kotibi, “Karinform.uz” rasmiy veb-sayti muharriri (bloger) Islam Matekovlar ishchi guruh aʼzolari tarkibiga kiritildi.

Respublika ishchi guruhi aʼzolari tumanda Oʻrtaqalʼa ovulidagi “Erkin Rasulov asalchi“ hamda “Maqsad Haytakov”, Doʻrman ovulidagi “Beshboyev Qurbangʻaliy”, Choykoʻl ovulidagi “Choykoʻl-Doʻstlik”, Oq oltin ovulidagi “Yakubova Gavhar”, Toʻlqin ovulidagi “Amad Toʻrayev” fermer xoʻjaliklaridagi pahta dalalarida boʻlib, karantin qoidalariga rioya etgan holda oʻrganish ishlarini olib bordilar.

Masʼullar oʻrganish ishlari davomida qator masalalarga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, fermerlar, klasterlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, uning quyi tuzilmalari hamda xususiy bandlik agentliklaridan boshqa tashkilotlarni paxta yigʻim-terimi mavsumi davomida terimchilarni jalb qilish ishlariga aralashuviga yoʻl qoʻymaslik, majburiy mehnat holatlariga butunlay barham berish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan korxona, tashkilotlar oʻz xodimlarini uyushgan holda paxta yigʻim-terimi ishlariga jalb qilish amaliyotini toʻliq bekor qilish, paxta yigʻim-terimi ishlariga Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, mudofaa xodimlari, harbiy xizmatchilar va akademiya kursantlarini umuman jalb etmaslik kabilarga alohida eʼtibor qaratilishi kerakligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, mutasaddilar oʻrganish jarayonida terimchilar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalarining imzolanganligi, terimchilarni terim haqini oshirgan holda ragʻbatlantirish choralarining koʻrilganligi, bunda hukumat qarori bilan belgilangan terim summasiga klasterlar va fermerlarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, qoʻshimcha ragʻbatlantirish ishlarining tashkil etilganligi, terim pullarining oʻz vaqtida, daromad soligʻi olinmasdan, byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisoblanmagan holda tarqatilayotganligini oʻrgandilar.

Shu bilan birga, korxona-tashkilotlarda xodimlardan oʻrniga terimchi jalb qilish uchun pul yigʻish ishlariga yoʻl qoʻyilmayotganligini, pandemiya sharoitini inobatga olib, paxta yigʻim-terimi ishlarini sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda tashkillashtirilganligini hamda boshqa hududlardan kelib, terimda ishtirok etayotgan terimchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlari yaratilganligini qatʼiy nazoratga oldilar.Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga toʻliq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunday amaliy ishlar oʻtgan yillarga qaraganda hozirgi kunda majburiy mehnat koʻrinishlari va bunday koʻngilsiz holatlar asta-sekin pasayib borishiga xizmat qilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026