29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:10
Fan va taʼlim 👁 439

TUMANIMIZNING IKKI NAFAR OʻQITUVChISI "OʻZBEKISTON XALQ TAʼLIMI AʼLOChISI" KOʻKRAK NIShONI BILAN TAQDIRLANDI

TUMANIMIZNING IKKI NAFAR OʻQITUVChISI "OʻZBEKISTON XALQ TAʼLIMI AʼLOChISI" KOʻKRAK NIShONI BILAN TAQDIRLANDI

Biz kim boʻlishimizdan, necha yoshda boʻl boʻlishimizdan qatʼiy nazar, oʻzimizni doimo qarzdorday his qiladigan, koʻnglimiz ardogʻida yashaydigan insonlarimiz bor. Ular ota-onamizday aziz va moʻʼtabar boʻlgan insonlar – ustozlarimizdir.

Har bir inson kamolotida ustoz-murabbiylarning xizmatlari beqiyosdir. Shu boisdan ham mamlakatimizda oʻqituvchilarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatiladi, moddiy qoʻllab-quvvatlanib, mavqei yuksaltirilmoqda.

Dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktab, kasblarning eng sharaflisi muallimlik, degan soʻzni koʻp eshitamiz. Biroq shunisi aniqki, muallim oʻquvchilarni oʻz farzandlariday yaxshi koʻrib, sidqidildan ularni savodli qilishga intilmasa, koʻngliga yoʻl topib, ilm dunyosi sari yetaklay olmasa, kasb sharafiga erisha olmaydi.

26-sonli maktabni tugatgan Akbarali Shomurodov oʻqituvchilar oilasida tugʻilib voyaga yetganligi uchun mashaqqatlardan choʻchimay oʻqituvchi boʻlishga ahd qildi. Shu niyatda Nukus Davlat Pedagogika institutini tugatdi.

Inson hayotida shunday lahzalar boʻladiki, taassurotlari butun umringga tatiydi. 2000-yilning 2-sentyabri Akbaralining hayotida ana shunday lahzalarni hadya etdi. Oliygohni tugatib qaytgan yosh muallim oʻsha kuni oʻzi taʼlim olgan 26-sonli maktabda ilk darsini oʻtgan edi.

Akbarali oradan vaqtlar oʻtib, ancha tajriba toʻplagan, oilasida ustozlik maqomiga erishish mashaqqatlari haqida koʻp nasihatlar eshitgan boʻlsa-da, u har bir darsiga xuddi imtihonga kirgandek tayyorgarlik koʻrib, bolalarga oʻrgatadigan mavzusi yuzasidan kengroq maʼlumotlar toʻplab kiradi. Ehtimol shundandir, oʻquvchilari orasida taʼlim bergan faniga qiziquvchilar koʻpaydi, iqtidorli oʻquvchilar bilan alohida shugʻullanib, salohiyatini yuksaltirishga intildi. Natijada koʻp oʻtmay tajribali ustozlari qatorida uning ham nomi tilga olinadigan boʻldi.

Akbarali Shomurodov 2000-2009-yillarda oʻqituvchi, 2009-2011-yillarda 26-sonli maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritdi. U ayni kunda ham oʻzi tugʻilib oʻsgan mahallasi yoshlariga mehnat-informatika fanidan dars bermoqda.

Uning xalq taʼlimi sohasiga qoʻshayotgan munosib hissasi eʼtiborga  olinib, “Oʻzbekiston Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bu xushxabar uni, oila aʼzolarinigina emas, butun maktab oʻqituvchilar jamoasini juda quvontirdi. Boisi, jamoaning koʻpchilik aʼzolari unga taʼlim bergan ustozlardir.

Shunday sharafga ega boʻlgan oʻqituvchilardan yana biri 84-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida psixolog vazifasida ishlayotgan yosh, intiluvchan va fidoyi oʻqituvchi Nigora Saparovadir. U 2009-yil Nukus Davlat Pedagogika institutining pedagogika-psixologiya fakultetini muvaffaqiyatli tugatib chiqdi.

U oʻzi tanlagan kasbi boʻyicha mehnat faoliyatini 2009  yilda Xoʻjayli tumanidagi 60-sonli maktabda boshladi. 2010-2013-yillarda Xoʻjayli tumani Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimida psixolog, 2013-2016-yillarda tumanimizdagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda, 2016-2019-yillarda 20-sonli maktabda psixolog boʻlib ishladi. 2019-yildan beri esa 84-sonli maktabda oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Nigora yosh boʻlsa-da, bolalar bilan ishlashishda, ularning koʻngliga yoʻl topib, sidqidildan  taʼlim olishga yoʻnaltirishda oʻziga xos qobiliyatga ega. Oʻquvchilar orasida turli muhim sanalar sharafiga tadbirlar tashkil etib, eʼtiborini qozona oladi, kasblar haqida, elimizning  obroʻ-eʼtiborli kishilari ishtirokida tashkillashtirgan suhbatlari, odob-axloq mavzusidagi tadbirlari oʻquvchilarning oʻz kelajagini toʻgʻri tanlashlariga koʻmak berayotir.

Intiluvchan pedagoglar – Akbarali Shomurodov va Nigora Saparovalarni Oʻzbekiston Xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganligi bilan qizgʻin qutlab, kelgusi ishlarida ham yutuqlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026