17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 11:26
Jamiyat 👁 415

MAQSADIMIZ - TADBIRKORLARGA TAYaNCh BOʻLISh

MAQSADIMIZ - TADBIRKORLARGA TAYaNCh BOʻLISh

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”gi 2019-yil 14-maydagi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizdagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan koʻpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Tadbirkorlik sohasidagi aniqlangan muammolarni tahlil qilish hamda ularni hal etish boʻyicha qabulxona huzurida tuman idoralarining vakillaridan iborat ishchi guruhi, shtab, vakolatli organlar vakillari, tumandagi faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va tadbirkorlarning boshqa vakillaridan iborat Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi faoliyat yuritmoqda.
2020-yil 1-oktyabrgacha qabulxona tomonidan hududlarda joylardagi muammolarni aniqlash va hal etishga koʻmaklashish maqsadida 32 ta sayyor qabullar tashkil etildi. Olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari hamda oʻtkazilgan suhbatlar davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga yoʻl-yoʻriqlar berildi.  Qabulxonada jami  250 ta masala boʻyicha 238 ta murojaatlar roʻyxatga olindi. Kelib tushgan murojaatlarning 7 tasi Respublika miqyosidagi, 84 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi, 147 tasi tuman miqyosidagi murojaatlar boʻlib, ularning 64 tasi oʻtkazilgan sayyor qabullar orqali, 89 tasi bevosita qabulxonaga murojaat qilish orqali, 90 tasi “Ishonch telefoni” (call markazi) orqali, 5 tasi business.gov.uz portali orqali elektron tarzda kelib tushgan.
Roʻyxatga olingan 238 murojaatlardagi 250 ta masalalardan 162 tasi qanoatlantirilgan, 84 tasiga tushuntirishlar berilgan, 4 tasi esa tegishli tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
Murojaatlar asosan kredit masalasida 65 ta, yer, kadastr va arxitektura qurilish masalalari boʻyicha 49 ta, infratuzilma masalalari boʻyicha 14 ta, boshqa masalalar boʻyicha 122 ta kelib tushgan.
Amudaryo tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasiga kredit olish boʻyicha  murojaat qilgan tadbirkorlarga tijorat banklaridan kredit mablagʻlari ajratilishiga amaliy yordam berildi.
Shu yilning 25-mart kuni tumanimizning Boʻz yop ovulida yashovchi “Koʻklan qoʻyboq” fermer xoʻjaligi rahbari Xudoybergenov Dilmurod Koʻklanovichning fermer xoʻjaligiga "Agrobank" Amudaryo filialidan naslli chorva mollari olish uchun 223 mln. soʻm miqdorida kredit olishga hujjatlarini topshirganligi, biroq hal boʻlmayotganligi yuzasidan bank tomonidan taʼminotchidan chorva mollarini olishga kafolat xati berilishida va kredit ajratilishida amaliy yordam soʻrab, murojaat qilgan edi. Murojaat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan "Agrobank" Amudaryo filialidan soʻralgan kredit miqdori ajratilishiga amaliy yordam berildi.
Mangʻit shahrining Olmazor mahallasida yashovchi tadbirkor Sardor Matyoqubov esa 2 qavatli “Yoshlar mehnat guzari” binosini foydalanishga qabul qilish boʻyicha kadastr hujjatlarini olish uchun ovora boʻlayotganligini bildirib, qabulxonaga 2020-yil 21-yanvar kuni amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan edi. Uning murojaati  ham koʻrib chiqilib, “Yermulkkadastr” DK Amudaryo tumani filiali tomonidan ijobiy hal etilishiga koʻmak berildi.
Qabulxona faoliyatida buningdek misollar juda koʻp. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin tutuvchi tadbirkorlarga tayanch boʻlish, ular uchrayotgan muammolarning qisqa muddatda bartaraf etilishiga yaqindan yordam berishdir.

M.OʻROZBOYeV, Amudaryo tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi yetakchi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019