29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:33
Fan va taʼlim 👁 260

TUMANIMIZDAGI MAKTABLARDA PIRLS XALQARO BAHOLASh DASTURINING TAJRIBA-SINOV JARAYoNI BOʻLIB OʻTDI

TUMANIMIZDAGI MAKTABLARDA PIRLS XALQARO BAHOLASh DASTURINING TAJRIBA-SINOV JARAYoNI BOʻLIB OʻTDI

Mamlakatimizda taʼlim tizimini yanada rivojlantirish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublika xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasida xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, oʻquvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, ijodiy gʻoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish boʻyicha qator amaliy ishlar qilinmoqda. Shu maqsadda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasida ham samarali ishlar olib borilmoqda. Ushbu qaror asosida belgilangan PIRLS – boshlangʻich sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqot dasturining tajriba-sinov jarayonlari boshlab yuborildi.

Tajriba-sinov jarayonlari oʻzbek tilida 21-22-oktyabr kunlari tumanimizdagi 31-,28-sonli umumtaʼlim maktablarida oʻtkazildi. Jarayonni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bosh mutaxassislari Komil Mamadjanov hamda Avazbek Shokirovlar olib bordilar.

Aytish kerakki, 2021-yilda oʻtkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi maktablarning 4-sinf oʻquvchilari ham ilk marotaba ishtirok etadi. Kelayotgan 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi boʻlib, har besh yilda oʻtkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmasini xalqaro darajada baholaydi. Oʻquvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha oʻquvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan oʻquvchilardan obektiv testlarni oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar, hattoki ota-onalardan soʻrovnomalar oʻtkazilib, taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillarga doir qimmatli maʼlumotlar toʻplanadi.

PIRLS xalqaro tadqiqotining tajriba-sinov jarayonini tashkil etishda tumanimizdagi har ikkala maktablarda maktab koordinatorlari tayinlangan boʻlib, ular maktabning boshlangʻich sinflari oʻquvchilari va ularga taʼlim berayotgan oʻqituvchilar roʻyxatini shakllantirdilar. Tanlab olingan sinflar, oʻquvchilar, oʻqituvchilar va nazorat shakllarini toʻldirishga koʻmaklashdilar. Test materiallarini tekshirib, ular aynan test topshirayotgan sinf oʻquvchilari va oʻqituvchilariga tegishli ekanini nazorat qilib oldilar hamda maktabda barcha test topshirayotgan oʻquvchi va oʻqituvchilar uchun yetarlicha nusxalar mavjudligini aniqladilar.

Tajriba-sinov jarayonini oʻtkazish maqsadida har bir tanlangan maktabdan bitta sinf tanlab olindi va undagi barcha oʻquvchilar jarayonda ishtirok etdilar. Sinflar PIRLS dasturi talablariga binoan tasodifiy tanlab olindi. Sinflarga test oʻtkazish shaklining blankasi taqdim etildi. Har bir test jarayonini oʻtkazish uchun maktablardagi tinch, keng va oʻquvchilar topshiriqlarni hech qanday noqulayliklarsiz bajara olishga imkon beradigan xonalar tanlab olindi. Umumiy jarayon uchun zaruriy tayyorgarlik, baholash testini oʻtkazish va oʻquvchi soʻrovnomasini toʻldirishi uchun 2 yarim - 3 soat vaqt ajratildi.

PIRLS xalqaro tadqiqot dasturining tajriba-sinov jarayonlari tumanimizda samarali tashkil etilib, muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026