30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 05:32
Siyosat 👁 465

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 18-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 18-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining navbatdagi 18-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Baxodir Tajiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi Ulugʻbek Jalmenov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Abdirimov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Zuhra Reyimovalar, shuningdek, tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, tijorat banklari rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya ishiga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev raislik qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 16-oktyabr kuni oʻtkazilgan videoselektr yigʻilishida belgilab berilgan  oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan muhim vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tuman hokimining “Amudaryo  tumanida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Sessiyada tumanda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozordagi narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi.

Sessiya majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Baxodir Tajiyev soʻzga chiqib, yurtimizda pandemiya sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha toʻxtaldi.

Taʼkidlanganidek, oziq-ovqat mahsulotlarining arzon va yetarliligi xalq roziligining asosiy omillaridan biri sanaladi. Shu maqsadda soʻnggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat, chorvachilik, meva-sabzavotchilik va qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasining narx-navoga taʼsiri inobatga olinib, joriy yil aprel oyidan boshlab asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importi bojxona toʻlovlaridan ozod qilindi. Shunga qaramay, oxirgi vaqtlarda goʻsht, tuxum, oʻsimlik yogʻi va shakar  mahsulotlarining narxi keskin oshdi. Joylarda tashkil qilingan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash jamgʻarmalari orqali, qolaversa, mahalliy Kengashlar tomonidan tasdiqlanadigan chora-tadbirlar orqali aholini shu va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, narx-navo barqarorligini saqlash koʻzda tutilgan.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Hisobotlarda taʼkidlanganidek, tuman aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, ichki isteʼmol bozoriga mahsulot yetkazib berilishini tizimli monitoring qilish hamda nazoratni yoʻlga qoʻyish va narx-navoning asossiz oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Tuman aholisini 11 ta asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun joriy yilning noyabr oyidan 2021-yil may oyiga qadar zarur boʻlgan mahsulotlar hajmi aniq hisob-kitob qilib olindi. Shunga asosan, 2 800 tonna goʻsht, 1 400 tonna parranda goʻshti, 715 tonna baliq, 5 290 tonna kartoshka, 973 tonna guruch, 21 mln. dona tuxum, 660 tonna piyoz, 1 900 tonna sabzi, 7 800 tonna un, 1 050 tonna shakar, 898 tonna yogʻ mahsulotlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Ushbu mahsulotlarni kafolatli taʼminlash va narx-navoni barqaror saqlash boʻyicha aniq rejalar belgilab olindi.

Jumladan, yetishmaydigan mahsulotlarni boshqa hududlardan olib kelish uchun tadbirkorlik subʼektlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirishga jami 3,0 mlrd.soʻm miqdorida tijorat bank kreditlari ajratilishi belgilab olindi. Bundan tashqari, tuman hokimligi huzurida Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash jamgʻarmasi tashkil qilinib, mablagʻlar jalb qilish choralari koʻrilmoqda. Ushbu jamgʻarma mablagʻlari maqsadli ishlatilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatiladi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala atroflicha muhokama qilinib, muhokamalardan keyin tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiya majlisida ishtirok etish maqsadida tumanimizga kelgan mehmonlar “Yermonov Oʻrazboy” fermer xoʻjaligi dalalaridagi paxta yigʻim-terimi ishlarining borishi, terimchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu fermer xoʻjaligi tumanimizdagi eng ilgʻor xoʻjaliklaridan biri boʻlib, kontraktatsiya shartnomasi shartlarini muddatidan oldin ortigʻi bilan bajardi.

Tashrif chogʻida mutasaddilar paxtakorlar bilan suhbat qurib, hol-ahvol soʻradilar. Shuningdek, ilgʻor terimchilarni ragʻbatlantirish maqsadida sovgʻalar topshirdilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026