HUQUQ MAVZUSIDA OChIQ DARS OʻTKAZILDI
Yaqinda Mangʻit shahrida joylashgan 30-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 8-dekabr – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga bagʻishlangan “Men bolaman, mening ham oʻz huquqlarim bor” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.
Ochiq dars Gulasal Xalillayeva rahbarlik qiladigan 6-“G” sinfda boʻlib oʻtdi va unda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari N.Fayzullayeva, fan oʻqituvchilari ham ishtirok etdilar. Yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllagan holda oʻtkazilgan dars davomida oʻquvchilarga Asosiy qonunimizda aks etgan bolalar huquqlari haqida tushunchalar berildi. Shundan soʻng, oʻquvchilar bilan savol-javob, mantiqiy oʻyinlar tashkil etilib, mavzu yuzasidan olgan bilimlari mustahkamlandi.
Huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida oʻtkazilgan ochiq dars oʻquvchilarga juda manzur boʻldi.
Sevara ISMOILOVA, QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶