MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLAR HAQ-HUQUQLARI QONUNIY KAFOLATLANGAN
Asosiy Qomusimizning 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanligi kafolatlangan. Unga koʻra, davlat va jamiyat hayotiga oid muhim masalalarda erkaklar bilan bir qatorda xotin-qizlar ham oʻz faolliklarini, tashabbuskorligini namoyon etishlari mumkin. Jamiyatda gender tengligini taʼminlash, turli sohalarda xotin-qizlar ishtirokini oshirishga keng yoʻl ochilmoqda. Shu maqsadda 2019-yilning 2-sentyabr sanasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi xotin-qizlarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim qadam boʻldi.
Ushbu Qonunlarga koʻra, davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash orqali davlat boshqaruvida turli jinsdagi shaxslarning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi kafolatlab qoʻyildi. Shu bilan birga, xotin-qizlar erkaklar bilan teng sharoitda va hech bir kamsitishsiz xalqaro miqyosda davlatning vakili boʻlish hamda xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishini taʼminlash uchun tegishli chora-tadbirlar koʻrishi, davlat xizmatiga qabul qilish chogʻida va uni oʻtash davrida jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi, xotin-qizlar va erkaklarni davlat xizmatiga qabul qilishdagi tenglik malakaga va kasbiy tayyorgarlikka muvofiq taʼminlanishi belgilangan.
Koʻrinib turibdiki, mamlakatimizda xotin-qizlar har qanday zoʻravonlik va tazyiqlardan himoyalangan va baxtiyor yashashga haqli.
D.ShARIFOVA, tuman IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶